KASBIY STANDART Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak (jamoa) rahbari
2026-04-28 18:00:00 / E’lonlar

KASBIY STANDART
Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak (jamoa) rahbar
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Kasbiy standartning qoʻllanilish sohasi: ushbu kasbiy standart kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi to‘garak rahbarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning kasbiy faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi.
Mazkur kasbiy standart Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga kiritilgan 23201 Kasbiy taʼlim tashkilotlari тугарак раҳбарларига qo‘yilgan talablarni qamrab oladi.
2. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
andragogika – kattalarni oʻqitish usullari va texnologiyalarini oʻrganish va asoslash bilan shugʻullanadigan fan;
bilim – kasbiy faoliyat doirasidagi vazifalarni bajarish uchun zarur boʻladigan, oʻrganilgan va oʻzlashtirilgan maʼlumotlar;
davlat taʼlim standarti – davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat taʼlim talablari – taʼlimning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek, taʼlim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoʻyiladigan majburiy talablar;
davlat taʼlim tashkiloti – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki boʻlgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat taʼlim standartlariga va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim beradigan tashkilot;
informal taʼlim – aniq maqsadga yoʻnaltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy taʼlimdan koʻra kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgan hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi oʻquv faoliyatini oʻz ichiga olgan taʼlim shakli;
iqtisodiy faoliyat turi – savdo uchun moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) maqsadida u yoki bu turdagi resurslarni (uskunalar, mehnat, texnologiya va boshqalar) birlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni;
kasb – koʻnikma va bilimlarni talab qiladigan muayyan funksiyalar va vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat turi;
kasb xaritasi – kasb nomi, mehnat funksiyalari tavsifi, kasbga qoʻyiladigan asosiy xususiyatlar va talablarni oʻz ichiga olgan muayyan kasb toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kasbiy standartning tarkibiy elementi;
kasbiy standartlar reyestri – bu kasbiy standartlarning nomi, qamrab olingan kasblar, uni qabul qilishga oid qaror (buyruq) rekvizitlari hamda amal qilish muddatini oʻz ichiga olgan tizimlashtirilgan roʻyxat;
koʻnikma – mehnat vazifasi doirasida alohida yoki yakka harakatlarni jismoniy va aqliy jihatdan bajarish;
kompleks davlat akkreditatsiyasi – oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon;
mehnat funksiyasi – kasbiy faoliyat doirasida xodim tomonidan belgilangan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan mehnat vazifalari majmui;
mehnat vazifasi – mehnat funksiyasi doirasida xodimga yuklanadigan (topshiriladigan) ishning aniq turi;
mehnat harakatlari – xodimning mehnat predmeti bilan oʻzaro taʼsirida muayyan mehnat natijasiga erishiladigan jarayon;
maxsus davlat akkreditatsiyasi – oʻrta maxsus, kasbiy, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon;
mutaxassislik – malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat taʼlim tashkiloti – davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
norasmiy taʼlim – taʼlim xizmatlari taqdim etilishini taʼminlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va rejalashtirilgan, shaxsni butun hayoti davomida oʻqitishdagi rasmiy taʼlimga qoʻshimcha va (yoki) uning muqobil shakli;
pedagog – (yunon tilidan – παιδαγωγός bola yetaklovchi) – pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va oʻqitish bilan shugʻullanuvchi, shu soha boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxs;
pedagogik faoliyat – taʼlim berish, tarbiyalash, baholash va rivojlantirishga qaratilgan professional faoliyat;
tajriba – mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida egallanadigan bilimlar va mahoratlar;
tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
tarbiyaviy ish – oʻquvchilar shaxsini shakllantirish va ijtimoiy moslashuvga yoʻnaltirilgan faoliyat;
taʼlim – taʼlim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga, shuningdek, ularning umumtaʼlim va kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
taʼlim dasturi – tegishli kasblar, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar boʻyicha davlat taʼlim standartlari (talablari) va kasbiy standartlarga muvofiq kompetensiya va oʻquv natijalari, taʼlim mazmuni, hajmi va baholash talablarini belgilovchi oʻquv-meʼyoriy hujjat;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari – taʼlim oluvchilar, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
oʻquv dasturi – kasbiy taʼlimning oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarning mazmuni, uning oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari koʻrsatilgan hujjat;
oʻquv fani – kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻrganish uchun fan, texnika, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, oʻquv va koʻnikmalar tizimi;
oʻquv jarayoni grafigi – taʼlim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va taʼtil vaqtlarini belgilovchi hujjat;
oʻquv reja – kasbiy taʼlimning muayyan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari va kurslari hamda ularni oʻrganish izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
xalqaro akkreditatsiya – akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan xalqaro taʼlim sifatini taʼminlash tarmoqlarining toʻla huquqli aʼzosi boʻlgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni.
3. Kasbiy standartni ishlab chiqishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar:
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida” gi OʻRQ-637-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-901-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori O‘zMst 640:2025 (IFUT-2.1);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-martdagi 4-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 8/1-2025-Q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 3-martdagi 236-son qarori;
Oʻzbekiston standartlar institutining 2025-yil 18-iyuldagi № 94/MSt-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatori (MMK-2025).
4. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi qisqartirishlar qoʻllaniladi:
DTS – Davlat ta’lim standartlari;
IFUT –Iqtisodiy faoliyat turlaritasniflagichi;
TMR – Tarmoq malaka ramkasi;
MMK- Mashg‘ulotlarning Milliy klassifikatori
II. Kasbiy standartning pasporti
|
1. |
Kasbiy standartning nomi: |
Kasbiy ta’lim tashkiloti Tugarak(jamoa) rahbari |
|
|
2. |
Kasbiy faoliyatning asosiy maqsadi: |
Kasbiy taʼlim sohasida muayyan kasb bo`yicha o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ijodiy va amaliy faoliyatini rivojlantirish hamda kelajak kasbiga yo‘naltirish. |
|
|
3. |
IFUT boʻyicha seksiya, boʻlim, guruh, sinf va kichik sinf: |
Q seksiya: Ta‘lim 85 ta ‘lim 85.3 O‘rta va o’rta ta’limdan keyingi ta ‘lim 85.32.0 Professional o’rta ta`lim 85.33.0 O‘rta ta’limdan keyingi ta’lim 85.5 Ta’limning boshqa turlari 85.51. Sport ta’limi, jumladan ko‘ngil ochish maqsadidagi ta’lim 85.52. Madaniyat sohasidagi ta’lim 85.59. Boshqa toifalarga kiritilmagan taʼlimning boshqa turlari 85.51.0 Sport ta’limi, jumladan ko‘ngil ochish maqsadidagi ta’lim 85.52.0 Madaniyat sohasidagi ta’lim 85.59.0 Boshqa toifalarga kiritilmagan taʼlimning boshqa turlari 85.6 Ta’lim sohasidagi yordamchi faoliyat 85.69 Boshqa toifalarga kiritilmagan ta’lim sohasidagi yordamchi faoliyat 85.69.0 Boshqa toifalarga kiritilmagan ta’lim sohasidagi yordamchi faoliyat |
|
|
4. |
Kasbiy standartning qisqacha mazmuni: |
Ta’lim oluvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, ularning o‘quv natijalariga erishishini ta’minlash, samarali pedagogik sharoitlarni yaratish, ta’lim jarayonini chuqurlashtirish va individual ehtiyojlarini qondirish, to‘garak mashg‘ulotlari orqali amaliy tajribani oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim dasturlarining sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash. |
|
|
5. |
Qamrab olingan kasblar roʻyxati va malaka darajasi: |
Kasblar kodi va nomi: |
TMR dagi malaka darajasi: |
|
23201 Oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi(педагоголарни касб стандартидан олинган Классификаторда мавжуд эмас! |
5 |
||
|
23201 Oliy maʼlumotli oʻqituvchi |
6 |
||
|
23201 Katta oʻqituvchi |
6 |
||
|
23201 Yetakchi oʻqituvchi |
6 |
||
|
23201 Bosh oʻqituvchi |
6 |
||
|
23202 Kasbiy ta’lim tashkiloti kasb ta’limi ustasi |
6 |
||
|
23203 O`rta-maxsus ta`lim tashkilotlari o`qituvchilari |
6 |
||
III. Kasbiy faoliyat turining funksional xaritasi
|
Kasblar |
Mehnat funksiyalari |
Mehnat vazifalari |
|||||
|
T/r |
Kodi va nomi |
Kodi |
Nomi |
Kodi |
Nomi |
|
|
|
1 |
23201 Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak rahbari |
A1.6 |
Ta’lim faoliyatni tashkil etish va olib borish |
A1.01.6 |
Тo‘garak yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar rejasini (yillik, oylik) tuzish вa o‘quv dasturini ishlab chiqish, rasmiylashtirish |
|
|
|
A1.02.6 |
O‘quvchilarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish |
|
|||||
|
A1.03.6 |
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va nazariy,amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘un olib borish |
|
|||||
|
A2.6 |
Tarbiyaviy ishlarni olib borish |
A2.01.6 |
To‘garakka o‘quvchilarni qiziqishiga ko‘ra jalb qilish |
|
|||
|
A2.02.6 |
O‘quvchilarda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirish |
|
|||||
|
A3.6 |
Nazorat va baholash faoliyatini tashkil etish |
A3.01.6 |
O‘quvchilarning bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish |
|
|||
|
A3.02.6 |
Natijalarni tahlil qilish va o‘quvchilarga individual tavsiyalar berish |
|
|||||
|
A4.6 |
Hujjatlar bilan ishlash faoliyatini ta’minlash |
A4.01.6 |
To‘garak jurnali va hisobotlarni yuritish |
|
|||
|
A4.02.6 |
Davomat va natijalarni qayd etish |
|
|||||
|
A4.03.6 |
Rahbariyatga hisobotlar taqdim etish |
|
|||||
|
A5.6 |
Kasbiy rivojlanish |
A5.01.6 |
Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish |
|
|||
|
A5.02.6 |
Zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish |
|
|||||
|
A5.03.6 |
Tajriba almashish (seminar, konferensiyalar) o‘tkazish va qatnashish |
|
|||||
IV. Kasblar xaritasi va mehnat funksiyalari tavsifi
|
Kasbning nomi: |
Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak rahbari |
|||
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
23201 |
|||
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
6 |
|||
|
Malakani baholashga qo`yiladigan talablar |
Tavsiya etiladi |
|||
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar: |
Talab etilmaydi |
|||
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar: |
To‘garak mashg‘ulotlari ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi; To‘garak mashg‘ulotlarini tasdiqlangan dastur va rejalarga muvofiq sifatli tashkil etishi va o‘tkazishi; mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi; Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion usullaridan foydalanishi; O‘quvchilarning psixologik va individual xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini inobatga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sharoit yaratishga e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi; O‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borishi; O‘z malakasini muntazam oshirib borishi va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tishi; Ta’lim tashkilotining ustavi, ichki mehnat tartibi qoidalari va pedagogik etika me’yorlariga rioya etishi; Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart. |
|||
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
1) kamida o‘rta maxsus professional ta’lim; 2) o‘rta professional ta’lim va amaliy ko‘nikmalar (to‘garak yo‘nalishi bo‘yicha). |
|||
|
Norasmiy va informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
Boshlang‘ich yoki o‘rta kasbiy ta’lim bilan birga norasmiy (informal) ta’lim yoki to‘garak yo‘nalishi bo‘yicha amaliy tajriba |
|||
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
Mavjud emas |
|||
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
To‘garak rahbari (kasbiy ta’lim tashkilotida) |
|||
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
||
|
5 |
23201 Oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi |
|||
|
6 |
23201 Oliy maʼlumotli oʻqituvchi |
|||
|
6 |
23201 Katta oʻqituvchi |
|||
|
6 |
23201 Yetakchi oʻqituvchi |
|||
|
6 |
23201 Bosh oʻqituvchi |
|||
|
5 |
23202 Ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchisi |
|||
|
5 |
23202 Kasbiy taʼlim tashkiloti ishlab chiqarish taʼlimi ustasi |
|||
|
5 |
23202 Kasbiy taʼlim tashkiloti kasbiy taʼlim ustasi |
|||
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||||
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|||
|
A1.6 Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish va olib borish |
A1.01.6 To‘garak yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar rejasini (yillik, oylik) tuzish vа o‘quv dasturini ishlab chiqish |
O’qitish natijalari |
||
|
Mehnat harakatlari: |
||||
|
1. O‘quv mashg‘ulotlari uchun dars rejalarini tayyorlash |
||||
|
2. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan jadval asosida o‘tkazish |
||||
|
3. O‘quv dasturini o‘quvchilarning ehtiyojlari va darajasidan kelib chiqib shakllantirish |
||||
|
4. O‘quv mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
O‘quv reja va dasturlarni tuzish |
||||
|
Ta’lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etish |
||||
|
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash |
||||
|
O‘quvchilar ehtiyojini tahlil qilish va moslashtirish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
To‘garak yo‘nalishi bo‘yicha asosiy nazariy bilimlar |
||||
|
O‘quv dasturlarini ishlab chiqish tamoyillar |
||||
|
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari |
||||
|
Pedagogik faoliyatning asosiy tamoyillari |
||||
|
A1.02.6 O‘quvchilarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
O‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish |
||||
|
Mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish |
||||
|
O‘quvchilarning individual rivojlanishini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash |
||||
|
Kasbiy loyiha yoki topshiriqlar orqali o‘quvchilarning malakalarini oshirish |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
O‘quvchilarda kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish |
||||
|
Amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish |
||||
|
Individual yondashuvni qo‘llash |
||||
|
O‘quvchilarning bilimini baholash va tahlil qilish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Ta’lim metodikalari va o‘quv dasturlari asoslari |
||||
|
O‘quvchilarning o‘rganish jarayonini nazorat qilish tamoyillari |
||||
|
Pedagogik psixologiya va o‘quvchilarning individual xususiyatlari |
||||
|
Ta’lim metodikalari va o‘quv dasturlari asoslari |
||||
|
|
A1.03.6 Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash vа nazariy, amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘un olib borish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
Mashg‘ulotlarda ilg‘or va innovatsion pedagogik usullarni qo‘llash |
||||
|
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish |
||||
|
O‘quv jarayonida interaktiv va praktikum elementlarini joriy etish |
||||
|
O‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash va motivatsiyasini oshirish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni tanlash va qo‘llash ko‘nikmasi |
||||
|
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish ko‘nikmasi |
||||
|
Interaktiv metod va vositalardan samarali foydalanish |
||||
|
Mashg‘ulotlarni rejalashtirish va optimallashtirish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Innovatsion pedagogik texnologiyalar nazariyasi |
||||
|
Interaktiv va ilg‘or o‘qitish usullari |
||||
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash metodlari |
||||
|
A2.6 Tarbiyaviy ishlarni olib borish |
A2.01.6 To‘garakka o‘quvchilarni qiziqishiga ko‘ra jalb qilish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
O‘quvchilar qiziqishlarini aniqlash maqsadida suhbat va so‘rovlar o‘tkazish |
||||
|
To‘garak yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot va tanishtiruv ishlarini olib borish |
||||
|
Qiziqish va qobiliyatiga mos holda o‘quvchilarni to‘garakka jalb etish |
||||
|
To‘garakka yangi a’zolarni qabul qilish va guruhlarni shakllantirish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
O‘quvchilar qiziqishini aniqlash va tahlil qilish |
||||
|
Targ‘ibot va motivatsiya berish |
||||
|
Samarali muloqot o‘rnatish |
||||
|
O‘quvchilarni yo‘naltirish va jalb qilish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari |
||||
|
Kasbga yo‘naltirish asoslari |
||||
|
Muloqot va motivatsiya usullari |
||||
|
To‘garak faoliyatini tashkil etish tamoyillari |
||||
|
A2.02.6 O‘quvchilarda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
O‘quvchilarda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etish |
||||
|
O‘quvchilarning mustaqil fikrlash vа ijodiy yondashuvini rivojlantirish |
||||
|
Jamoada ishlash va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish |
||||
|
O‘quvchilarning individual rivojlanishini kuzatish vа qo‘llab-quvvatlash |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirish ko‘nikmasi |
||||
|
O‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish |
||||
|
Jamoaviy ishlashni tashkil etish ko‘nikmasi |
||||
|
Individual yondashuvni qo‘llash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Kompetensiyaviy yondashuv asoslari |
||||
|
Shaxs rivojlanishi va pedagogik psixologiya |
||||
|
Kasbiy ta’lim metodikasi |
||||
|
Kommunikativ va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari |
||||
|
A3.6 Nazorat va baholash faoliyatini tashkil etish |
A3.01.6 O‘quvchilarning bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish |
||||
|
Baholash mezonlarini to‘garak yo‘nalishi va o‘quv dasturiga moslashtirish |
||||
|
Nazorat va baholash shakllarini (test, amaliy topshiriq, loyiha) belgilash |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Baholash mezonlarini ishlab chiqish va qo‘llash |
||||
|
O‘quvchilar bilimini obyektiv baholash |
||||
|
Turli baholash usullaridan foydalanish |
||||
|
Natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Ta’limda baholash tamoyillari, mezonlari vа usullari |
||||
|
Test va amaliy baholash metodikasi |
||||
|
O‘quv natijalarini tahlil qilish asoslari |
||||
|
A3.02.6 Natijalarni tahlil qilish vа o‘quvchilarga individual tavsiyalar berish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini muntazam tahlil qilish |
||||
|
Aniqlangan kamchilik va yutuqlar asosida individual tavsiyalar ishlab chiqish |
||||
|
O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashni tashkil etish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
O‘quv natijalarini tahlil qilish |
||||
|
Individual yondashuv asosida tavsiyalar berish |
||||
|
Muammolarni aniqlash va yechim topish |
||||
|
O‘quvchilar bilan samarali individual ishlash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Ta’lim natijalarini tahlil qilish metodlari |
||||
|
Individual yondashuv tamoyillari |
||||
|
O‘quvchilar rivojlanishini monitoring qilish usullari |
||||
|
A4.6 Hujjatlar bilan ishlash faoliyatini ta’minlash |
A4.01.6 To‘garak jurnali va hisobotlarni yuritish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
To‘garak jurnali va tegishli hujjatlarni muntazam va to‘g‘ri yuritish |
||||
|
Davomat, mashg‘ulot mazmuni va natijalarni qayd etib borish |
||||
|
Belgilangan muddatlаrdа hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish ko‘nikmasi |
||||
|
Ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlash |
||||
|
Hisobot tayyorlash va taqdim etish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Hujjat yuritish tartibi va qoidalari |
||||
|
Hisobot shakllari va ularni rasmiylashtirish talablari |
||||
|
Ta’lim jarayonini qayd etish metodlari |
||||
|
Ichki me’yoriy hujjatlar va tartib-qoidalar |
||||
|
A4.02.6 Davomat va natijalarni qayd etish
|
Mehnat harakatlari: |
|||
|
O‘quvchilarning davomatini muntazam ravishda qayd etib borish |
||||
|
Mashg‘ulot natijalari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini hujjatlashtirish |
||||
|
Davomat va natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish |
||||
|
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Davomat va natijalarni aniq qayd etish |
||||
|
Ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish |
||||
|
Hujjatlar bilan ishlashda aniqlik va tartiblilik |
||||
|
Monitoring olib borish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Davomatni yuritish tartibi va usullari |
||||
|
O‘quv natijalarini qayd etish metodikasi |
||||
|
Ta’lim jarayonini monitoring qilish asoslari |
||||
|
Ichki hujjatlar va hisob yuritish qoidalari |
||||
|
A4.03.6 Rahbariyatga hisobotlar taqdim etish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
To‘garak faoliyati bo‘yicha davriy hisobotlarni tayyorlash |
||||
|
O‘quvchilar davomat va o‘zlashtirish natijalari hаqidа mа’lumotlаrni umumlаshtirish |
||||
|
Hisobotlarni belgilangan shakl va muddatlarda rahbariyatga taqdim etish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Hisobotlarni to‘g‘ri vа aniq tayyorlash |
||||
|
Ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish |
||||
|
Axborotni tizimli tаqdim эtish |
||||
|
Rasmiy hujjatlar bilan ishlash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Hisobot tayyorlash tartibi va talablari |
||||
|
Ta’lim jarayonini tahlil qilish asoslari |
||||
|
Statistik ma’lumotlarni umumlashtirish usullari |
||||
|
Ichki me’yoriy hujjatlar va hisobot shаkllаri |
||||
|
A5.6 Kasbiy rivojlanish |
A5.01.6 Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
Kasbiy faoliyatiga oid malaka oshirish kurslаrini аniqlаsh vа tаnlаsh |
||||
|
Malaka oshirish kurslarida muntаzаm ishtirok эtish |
||||
|
Kurs davomida olingаn bilim vа ko‘nikmаlаrni аmаliyotga joriy etish |
||||
|
Malaka oshirish natijalarini tahlil qilish va faoliyatida qo‘llash |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
O‘z kasbiy rivojlanishini rejalashtirish ko‘nikmasi |
||||
|
Yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish |
||||
|
O‘rganilgan tajribani amaliyotga tatbiq etish |
||||
|
O‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Kasbiy rivojlanish va uzluksiz ta’lim tamoyillari |
||||
|
Ilg‘or o‘qitish usullari va metodikalari |
||||
|
Kasbiy faoliyatni tahlil qilish va o‘z-o‘zini rivojlantirish usullari |
||||
|
A6.02.6 Zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
Kasbiy faoliyatda qo‘llash uchun yangi texnologiyalarni o‘rganish |
||||
|
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya vositalarini sinovdan o‘tkazish |
||||
|
O‘rganilgan texnologiyalarni mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash |
||||
|
Texnologiyalarni qo‘llash tajribasini tahlil qilish va takomillashtirish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Zamonaviy texnologiyalarni tanlash va o‘zlashtirish |
||||
|
O‘quv jarayoniga texnologiyalarni tatbiq etish |
||||
|
Innovatsion va raqamli vositalardan samarali foydalanish |
||||
|
Texnologiyalar qo‘llanilishining natijalarini tahlil qilish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nazariyasi |
||||
|
Texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish usullari |
||||
|
O‘quvchilarning texnologiyalar orqali o‘rganish jarayoni |
||||
|
Innovatsion va raqamli vositalarning pedagogik afzalliklari |
||||
|
A6.03.6 Tajriba almashish (seminar, konferensiyalar) o‘tkazish va qatnashish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
Kasbiy tajriba almashish maqsadida ochiq darslar, seminar va konferensiyalarni tashkil etish |
||||
|
Seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etish |
||||
|
Olingan bilim va tajribalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etish |
||||
|
Tadbir natijalari asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish |
||||
|
Ko‘nikmalar: |
||||
|
Seminar va konferensiyalarni tashkil etish |
||||
|
Kasbiy tajriba almashish va muloqot qilish |
||||
|
Olingan bilim va tajribani amaliyotga joriy etish |
||||
|
Tadbir natijalarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Seminar va konferensiyalarni o‘tkazish metodikasi |
||||
|
Kasbiy tajriba almashish tamoyillari |
||||
|
Olingan tajribani pedagogik jarayonga tatbiq etish usullari |
||||
|
Ta’lim sifatini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish prinsiplari |
||||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
|
|||
|
2. Amaliy va nazariy mashg‘ulotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul. |
||||
|
3. To‘garak faoliyati davomida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda mustaqil pedagogik va tashkiliy qarorlar qabul qiladi. |
||||
|
4. Mashg‘ulotlarni olib borishda va to‘garak faoliyatini rejalashtirish hamda takomillashtirishda mustaqil faoliyat yuritadi. |
||||
|
|
|
|||
|
||||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Noutbuk yoki shaxsiy kompyuter, proyektor yoki interaktiv doska, Internet, Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint) yaxshi darajada bilish, elektron pochta bilan ishlash, fayllarni tizimlashtirish, USB, printer, skaner kabi qurilmalardan foydalanish; Onlayn darslar uchun Zoom, Google Teams kabi platformalardan, mashg‘ulotlarda video ta’lim vositalarini foydalanish; Proyektor, interaktiv doska, elektron jurnallardan foydalanish tizimlarini bilish; Fan sohasi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni bilish: ta’lim berayotgan fan yo‘nalishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalardan xabardor bo‘lish, amaliy mashg‘ulotlarda texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘llay olish; O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘liq ko‘nikmalar: kasbga oid maxsus uskunalarni ishlatish, laboratoriya ishlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyalarini bilish; Raqamlashtirishga moslashuvchanlik: ta’lim jarayonini raqamlashtirishga doir ko‘nikmalar - elektron testlar, interaktiv mashqlar yaratish, axborot xavfsizligi asoslari, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish qoidalarini bilish va rioya qilish; Excel’da formula va avtomatlashtirish, Elektron hujjat aylanmasi, Sun’iy intellektdan foydalanish. |
|||
V. Kasbiy standartning texnik maʼlumotlari
5.1. Kasbiy standartning rekvizitlari
|
1. |
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining tasdiqlash hujjatlari: |
(Tarmoq kengashining nomi, bayon raqami va sanasi) |
|
2. |
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining xulosasi: |
(Xulosa va berilgan sana yoziladi) |
|
3. |
Kasbiy standart talqini va ishlab chiqilgan sanasi: |
(_____ – talqin, “_____” raqamli kasbiy standart necha marotaba qayta koʻrib chiqilgan va yangilanganligi koʻrsatiladi) |
|
4. |
Taxminiy qayta koʻrib chiqish sanasi: |
(Kasbiy standart qayta koʻrib chiqish vaqti koʻrsatiladi) |
5.2. Kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul tashkilot
___________________________________________________________
(tashkilot nomi)
___________________________________________________________
(rahbarning lavozimi, imzosi va F.I.O.)
5.3. Kasbiy standartni ishlab chiqishda ishtirok etgan tashkilot (korxona)lar toʻgʻrisida maʼlumot
|
T/r |
Ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot |
Imzo |
|
|
Ish joyi va lavozimi |
Familiya, ismi, otasining ismi |
||
|
1 |
|
|
|
|
2 |
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti boshqarma boshlig‘i |
Raximov Sherzod Saidovich |
|
|
3. |
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi |
Adxamova Moxira Raxmatillaevna |
|
|
4 |
Samarqand shahar 1-son texnikumi direktor o‘rinbosari |
Abduxoliqova Dilfuza Musinovna |
|
|
5 |
|
|
|
|
6 |
|
|
|
|
7 |
|
|
|
|
8 |
|
|
|
|
9 |
|
|
|
|
10 |
|
|
|
|
11 |
|
|
|
