Harbiy xizmatchilarga bilim berish va kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-28 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Alohida taʼkidlanganidek, davlat rahbari tashabbusi bilan joriy yildan boshlab askarlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan qurollantirish borasida tizimli ishlar izchil yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa yoshlarning kelgusida jamiyatda munosib oʻrin egallashi, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib yetishishiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Tashrif doirasida mehmonlar tarix oʻquv binosida ham boʻlib, unda yurtimizning boy va shonli oʻtmishini aks ettiruvchi eksponatlar, noyob materiallar hamda muhim maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu maskan harbiy xizmatchilar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy taʼlim texnologiyalarini harbiy soha bilan uygʻunlashtirish, raqamli bilimlarni oshirish, xorijiy tillarni oʻrganish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bu kabi tashabbuslar harbiy xizmatchilarning nafaqat jismoniy, balki intellektual salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Mazkur tashrif ilm-fan va harbiy sohalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni bilimli, fidoyi va Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash yoʻlida muhim ahamiyatga ega boʻldi.






