“Oliy taʼlim tashkiloti psixologi” kasbiy standarti loyihasi
2026-04-28 09:00:00 / E’lonlar

KASBIY STANDART
Oliy taʼlim tashkiloti psixologi
Reyestr raqami: QR kod
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Kasbiy standartning qoʻllanilish sohasi: Ushbu kasbiy standart “Pedagog-psixolog”, “Taʼlim sohasi psixologi”, kasblari boʻyicha xodimlarga malaka talablarini belgilash, ularning malakasini mustaqil baholash, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish sohasi
va boshqa faoliyat yoʻnalishlarida keng turda qoʻllaniladi.
2. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
bilim – kasbiy faoliyat doirasidagi vazifalarni bajarish uchun zarur boʻladigan, oʻrganilgan va oʻzlashtirilgan maʼlumotlar;
davlat taʼlim standartlari – davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat taʼlim talablari – taʼlimning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek, taʼlim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoʻyiladigan majburiy talablar;
guruh – Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) boʻyicha iqtisodiy faoliyatning keng sohasini oʻz ichiga olgan faoliyat turi;
informal taʼlim – aniq maqsadga yoʻnaltirilgan yoki rejali, lekin institutsionallashtirilmagan (oiladagi, ish joyidagi va kundalik hayotdagi oʻquv faoliyatini oʻz ichiga oladigan) taʼlim;
kasbiy standart – kasbiy faoliyatning muayyan sohasida (turida) zarur bilim, mahorat, koʻnikma, ish staji, malaka darajasi, mehnatning mazmuni, sifati va shart sharoitlari, ishga boʻlgan munosabatiga qoʻyilgan minimal talablarni belgilaydigan hujjat. Kasbiy standart nomi IFUT ga muvofiq guruh (yoki kichik guruh) nomi yoki kasbiy faoliyat sohasi (turi) nomi yoki qamrab olingan kasblarga mutanosib nomdan kelib chiqib nomlanadi;
kompetensiya – shaxsning mehnat vazifani toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarish uchun egallangan bilim, mahorat va amaliy tajribalarini turli sharoitlarda qoʻllay olish qobiliyati;
koʻnikma – shaxsning mehnat vazifani toʻgʻri bajarishga imkon beradigan bilim va mahoratlarini maʼlum bir sharoitda avtomatik tarzda qoʻllay olish qobiliyati;
mahorat – biror masala (mantiqiy, hissiy, ijodiy va amaliy tafakkurni qoʻllash)ni hal etish va faoliyatni amalga oshirish maqsadida bilimlarini qoʻllash
va kompetentligini namoyish etish qobiliyati;
malaka – shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va koʻnikmalar darajasi;
malaka berish – rasmiy taʼlim va oʻz-oʻzini oʻqitish orqali olingan bilim
va koʻnikmalarni baholash jarayoni. Ushbu baholash natijalariga koʻra sertifikat, diplom yoki malakani tasdiqlovchi boshqa hujjat (malaka darajasi) beriladi;
malaka darajasi – murakkablik, nostandart ish harakatlari, masʼuliyatlik parametrlari boʻyicha farqlanadigan xodimlarning bilimlari, koʻnikmalari, shaxsiy
va kasbiy kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqlik darajasi;
Milliy Malaka Tizimi (MMT) – kasbiy malakalar boʻyicha mehnat bozori talabi hamda taʼlim tizimi (jumladan, norasmiy va informal taʼlim) taklifini muvofiqlashtiruvchi hamda tartibga soluvchi huquqiy va institutsional vositalar va mexanizmlar majmui;
Milliy Malakalar Ramkasi (MMR) – bu kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan barcha kompetensiyalarni tavsiflovchi malaka darajalari toʻplamidan iborat tuzilma;
mutaxassislik – malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat taʼlim tashkiloti – davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari
va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
noformal taʼlim – taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxs yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va rejali taʼlim boʻlib, u shaxsning butun hayoti davomida taʼlim olishida rasmiy taʼlimiga qoʻshimcha va (yoki) muqobildir;
pedagog – taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
pedagogik faoliyat – taʼlim berish, tarbiyalash, baholash va rivojlantirishga qaratilgan professional faoliyat;
tajriba – mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida egallanadigan bilimlar va mahoratlar;
taʼlim – taʼlim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga, shuningdek ularning umumtaʼlim va kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
taʼlim kampusi – yagona hududda birlashtirilgan oʻquv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarini, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini oʻz ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat boʻlgan, oʻquv jarayoni, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini taʼminlaydigan taʼlim-tarbiya muhiti;
taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi – taʼlim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash boʻyicha davlat nazoratining asosiy shakli;
taʼlim tarbiya jarayoni ishtirokchilari – taʼlim oluvchilar, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar
va ularning vakillari;
tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar
va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
tarbiyaviy ish – talabalar shaxsini shakllantirish va ijtimoiy moslashuviga yoʻnaltirilgan faoliyat;
tarmoq malaka ramkasi – tarmoqda tan olinadigan malaka darajalari tizimlashtirilgan tavsifi;
oʻquv metodik majmua – darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, darsliklarning multimediali ilovadan iborat majmua.
3. Kasbiy standartni ishlab chiqishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar:
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 637-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi 901-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil
30-sentabr PQ-345-son Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2008-yil 7-avgust 173-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 2015-yil 2-mart 36-sonli Qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil
24-avgust 275-son Qarori;
OʻzMSt 641:2025 Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori (MMK-2025).
3. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi qisqartirishlar qoʻllaniladi:
IFUT – iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi;
TMR – Tarmoq malaka ramkasi;
- – tartib raqami.
II. Kasbiy standartning pasporti
|
1. |
Kasbiy standartning nomi: |
Oliy taʼlim tashkiloti uslubchilari |
|
|
2. |
Kasbiy faoliyatning asosiy maqsadi: |
Oliy taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirish va taʼlim tashkilotlari (taʼlim beruvchi tashkilotlar) tomonidan asosiy oliy taʼlim dasturlari uchun taʼlim xizmatlarini koʻrsatish |
|
|
3. |
IFUT boʻyicha seksiya, boʻlim, guruh, sinf va kichik sinf: |
Q Seksiyasi: Taʼlim 85 Taʼlim 85.4 Oliy taʼlim 85.40 Oliy taʼlim 85.40.0 Oliy taʼlim |
|
|
4. |
Kasbiy standartning qisqacha mazmuni: |
Oʻqitish va taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil etish, fan boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat olib borish, talabalarning mustaqil fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, taʼlim sifatini baholash va doimiy oshirib borish, kasbiy etika, akademik halollik va meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish. |
|
|
5. |
Qamrab olingan kasblar roʻyxati va malaka darajasi: |
Kasblar kodi va nomi:
|
TMR dagi malaka darajasi: |
|
23510001 Pedagog-psixolog |
7 |
||
|
23510007 Taʼlim sohasi psixologi |
7 |
||
III. Kasbiy faoliyat turining funksional xaritasi
|
Kasblar |
Mehnat funksiyalari |
Mehnat vazifalari |
|||
|
T/r |
kodi va nomi |
Kodi |
Nomi |
Kodi |
Nomi |
|
1 |
23510001 Pedagog-psixolog
|
A1.7 |
|
A1.01.7 |
Oʻquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish, intellektual rivojlanish, emotsional holat va shaxs xususiyatlarini aniqlash |
|
A1.02.7 |
Qobiliyat, qiziqish va moyilliklarni baholash, psixologik testlar va metodikalardan foydalanish, diagnostika natijalarini tahlil qilish va xulosa berish |
||||
|
A1.03.7 |
Salbiy xulq-atvorning oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish |
||||
|
A1.04.7 |
Stress, zoʻravonlik, deviant xatti-harakatlarning oldini olish, sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish |
||||
|
A2.7 |
|
A2.01.7 |
Oʻquvchilar, ota-onalar va pedagoglarga individual maslahat berish, kasb tanlash boʻyicha yoʻnaltirish |
||
|
A2.02.7 |
Oʻquvchilarning oʻqishdagi va xulqidagi muammolarini hal etishda koʻmaklashish, inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam koʻrsatish |
||||
|
A2.03.7 |
Oʻquvchilardagi psixologik qiyinchiliklarni tuzatish, shaxsiy rivojlanish treninglari tashkil etish |
||||
|
A2.04.7 |
Muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, oʻzini boshqarish va irodaviy sifatlarni shakllantirish |
||||
|
2 |
Taʼlim sohasi psixologi |
B1.7 |
|
B1.01.7 |
Taʼlim oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash, intellektual rivojlanish darajasini baholash |
|
B1.02.7 |
Emotsional holat va shaxs xususiyatlarini o‘rganish, qobiliyat, qiziqish va kasbiy moyilliklarni aniqlash, diagnostik metodikalar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish |
||||
|
B1.03.7 |
Salbiy xulq-atvor va deviant holatlarning oldini olish, zoʻravonlik, bulling, stress va nizolar profilaktikasi |
||||
|
B1.04.7 |
Oʻquvchilarga individual va guruhiy maslahat berish, ota-onalar va pedagoglarga psixologik tavsiyalar berish |
||||
|
B2.7 |
|
B2.01.7 |
Taʼlim jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish, kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha maslahatlar berish |
||
|
B2.02.7 |
Psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mashgʻulotlar tashkil etish, shaxsiy oʻsish va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish |
||||
|
B2.03.7 |
Muloqot, liderlik va oʻzini boshqarish koʻnikmalarini shakllantirish, iqtidorli |
||||
|
B2.04.7 |
Yillik va istiqbolli ish rejasini ishlab chiqish, hisobotlar va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, Metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik jamoa bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish |
||||
IV. Kasblar xaritasi va mehnat funksiyalari tavsifi
|
Kasbning nomi:
|
Pedagog-psixolog |
|||
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
23510001 |
|||
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
7 |
|||
|
Malakani baholashga qoʻyilgan talablar: |
Tavsiya etiladi |
|||
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar |
Kamida 3-5 yil pedagogik yoki psixologik faoliyat tajribasi aniq talablar ish beruvchi tashkilot (maktab, bog‘cha, OTM yoki davlat tashkiloti) va e’lon qilingan lavozim yo‘riqnomasiga qarab farq qilishi mumkin. |
|||
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar |
Psixologiya nazariyasi va amaliyotini bilish (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya). Psixologik diagnostika usullarini qo‘llay olish (test, so‘rovnoma, kuzatish), o‘quvchilar bilan psixologik maslahat va korreksion ishlar olib borish, stress, konflikt va muammoli vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish, o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan psixologik trening va suhbatlar o‘tkazish, psixologik hujjatlar (hisobot, reja, tahlil) bilan ishlash, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va psixologik metodlardan foydalanish. Empatiya – boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish qobiliyati, muloqot kompetensiyasi – o‘quvchi, ota-ona va o‘qituvchilar bilan samarali aloqa qilish, mas’uliyat va halollik, sabrlilik va vazminlik, maxfiylikni saqlash (psixologik ma’lumotlarni oshkor qilmaslik), tahliliy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati, stressga chidamlilik, jamoada ishlash ko‘nikmasi, o‘z ustida ishlash va malakasini oshirishga intilish, insonlar bilan ishlash, muammolarni tushunish va ularga yordam berish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi |
|||
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
magistratura; yuqori darajadagi qoʻshimcha taʼlim (internatura, ordinatura, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi va boshqa xalqaro tan olingan taʼlim); mutaxassislik (spetsialitet); bakalavriat va amaliy tajriba; |
|||
|
Informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
- |
|||
|
Kasbiy standartlar reestrida mavjudligi: |
- |
|||
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
Oliy taʼlim tashkiloti uslubchilari |
|||
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
||
|
- |
- |
|||
|
- |
- |
|||
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||||
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|||
|
A1.7-Taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli taʼlim yechimlarini joriy etishni metodik jihatdan taʼminlash
|
A1.01.7- Oʻquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish, intellektual rivojlanish, emotsional holat va shaxs xususiyatlarini aniqlash |
Oʻqitish natijalari |
||
|
Mehnat harakatlari: |
||||
|
1. Oʻquvchilar haqida dastlabki maʼlumotlarni yigʻish anketa, suhbat, kuzatuv orqali, Psixologik diagnostika rejasini ishlab chiqish, yosh xususiyatlariga mos psixodiagnostik metodikalarni tanlash. |
||||
|
2. Individual va guruhiy test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish, oʻquvchining qiziqishlari, ehtiyojlari va motivatsiyasini aniqlash. |
||||
|
3. Olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, psixologik xulosa tayyorlash |
||||
|
4. Bilish jarayonlarini diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvurni oʻrganish, intellekt darajasini aniqlovchi test va metodikalardan foydalanish. |
||||
|
5. Oʻquv faoliyati samaradorligini tahlil qilish, oʻquv motivatsiyasini baholash. |
||||
|
6. Intellektual rivojlanish darajasini yosh meʼyorlari bilan solishtirish, qobiliyat |
||||
|
7. Oʻquvchining emotsional barqarorligini oʻrganish, xavotirlanish, agressivlik, depressiv holat belgilarini aniqlash. |
||||
|
8. Temperament va xarakter xususiyatlarini baholash, oʻz-oʻzini baholash darajasini aniqlash. |
||||
|
9. Muloqot uslubi va ijtimoiy moslashuv darajasini oʻrganish, stress omillarini aniqlash va tahlil qilish. |
||||
|
10. Zarurat boʻlganda korreksion yoki maslahat ishlarini rejalashtirish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Psixologik kuzatuvni tizimli va maqsadli olib borish koʻnikmasi, individual va guruhiy suhbat oʻtkazish koʻnikmasi |
||||
|
Psixodiagnostik metodikalarni toʻgʻri tanlash va qoʻllash koʻnikmasi, anketa, test |
||||
|
Olingan natijalarni tahlil qilish |
||||
|
Bilish jarayonlarini (diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvur) baholash koʻnikmasi, intellektual darajani aniqlovchi metodikalardan foydalanish koʻnikmasi |
||||
|
Oʻquv motivatsiyasini aniqlash va tahlil qilish koʻnikmasi, oʻquv faoliyatidagi qiyinchiliklarni diagnostika qilish koʻnikmasi |
||||
|
Natijalarni yosh meʼyorlari bilan solishtirish koʻnikmasi, iqtidor va qobiliyatlarni aniqlash koʻnikmasi, individual rivojlantiruvchi dastur tuzish koʻnikmasi |
||||
|
Emotsional barqarorlik darajasini baholash koʻnikmasi, xavotirlanish, agressivlik |
||||
|
Temperament va xarakter tiplarini tahlil qilish koʻnikmasi, oʻz-oʻzini baholash darajasini oʻrganish koʻnikmasi |
||||
|
Ijtimoiy moslashuv darajasini aniqlash koʻnikmasi, stress omillarini aniqlash va tahlil qilish koʻnikmasi |
||||
|
Zarur hollarda korreksion yoki maslahat ishlarini rejalashtirish koʻnikmasi |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Umumiy psixologiya asoslari psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar, yosh va pedagogik psixologiya nazariyalari |
||||
|
Shaxs rivojlanishining bosqichlari |
||||
|
Psixologik kuzatuv va suhbat metodlari, psixologik xulosa yozish va tavsiya ishlab chiqish tamoyillari, etika va maxfiylik qoidalari |
||||
|
Bilish jarayonlari diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvur nazariy asoslari, intellekt nazariyalari va tuzilmasi, aqliy rivojlanishning yosh meʼyorlari |
||||
|
Qobiliyat va iqtidor nazariyalari, oʻquv motivatsiyasi va uning psixologik mexanizmlari |
||||
|
Taʼlim jarayonidagi qiyinchiliklarning psixologik sabablari, diagnostik metodikalarning ilmiy asoslari |
||||
|
Emotsiya va hissiyotlar psixologiyasi, stress |
||||
|
Oʻz-oʻzini baholash va “Men-konsepsiyasi” nazariyasi, shaxsning ijtimoiy moslashuv mexanizmlari |
||||
|
Temperament, insonning hissiy tezkorligi |
||||
|
Qobiliyat-bu maʼlum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur boʻlgan individual psixologik xususiyat |
||||
|
A1.02.7- Qobiliyat, qiziqish va moyilliklarni baholash, psixologik testlar va metodikalardan foydalanish, diagnostika natijalarini tahlil qilish va xulosa berish A2.7 Taʼlim jarayonini raqamlashtirish holatini tahlil qilish, samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Oʻquvchilarning umumiy va maxsus qobiliyatlarini aniqlash uchun vazifalarni belgilash. |
||||
|
2. Turli faoliyat turlarida qobiliyatni kuzatish maktab, laboratoriya, amaliy mashgʻulotlar. |
||||
|
3. Qobiliyatlarni aniqlash uchun soʻrovnomalar, testlar va ijodiy topshiriqlardan foydalanish. |
||||
|
4. Qiziqish-shaxsning faoliyatga ichki intilishi, moyillik-oʻziga xos ustuvorliklar va yoʻnalishlar. |
||||
|
5. Oʻquvchining qiziqish sohalarini soʻrovnomalar va suhbatlar orqali aniqlash |
||||
|
6. Psixologik testlar-oʻquvchining qobiliyat, xulq-atvor, intellekt va emotsional holatini aniqlash vositasi. |
||||
|
7. Test va metodikalarni tanlash IQ testlar, Lusher testi, Kettell testi, MMPI, Gardnerning koʻp qirrali intellekt testi. |
||||
|
8. Testlarni oʻtkazish shart-sharoitlarini yaratish sokin muhit, tushunarli koʻrsatmalar. |
||||
|
9. Test natijalarini yozma shaklda qayd etish, individual xususiyatlar, qobiliyat |
||||
|
10. Diagnostika-oʻquvchining individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash |
||||
|
11. Turli faoliyat turlarida ishtirokini kuzatish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Kuzatish koʻnikmalari, oʻquvchining faoliyatini va xulq-atvorini tizimli kuzatish |
||||
|
Faoliyat davomida qobiliyat va moyillikni aniqlash |
||||
|
Soʻrov va suhbat olib borish koʻnikmalari, maqsadli savollar orqali qiziqish va ichki motivatsiyani aniqlash |
||||
|
Individual psixologik xususiyatlarni tushuntirish va tahlil qilish |
||||
|
Faoliyatga yoʻnaltirilgan diagnostika koʻnikmalari, oʻquvchilarning ijodiy, texnik yoki mantiqiy vazifalarni bajarishdagi qobiliyatini baholash |
||||
|
Natijalarni yozma shaklda qayd etish, testni oʻquvchining yoshi va xususiyatlariga moslashtirish |
||||
|
Testlarni tanlash koʻnikmalari, maqsadga muvofiq psixologik test va metodikani tanlash |
||||
|
Test oʻtkazish koʻnikmalari, test shartlarini yaratish sokin muhit, tushunarli koʻrsatmalar |
||||
|
Oʻquvchilarga testni toʻgʻri tushuntirish |
||||
|
Maʼlumotlarni qayd etish koʻnikmalari, test natijalarini tartibga solish va yozma shaklda saqlash |
||||
|
Diagramma, jadval yoki grafik orqali koʻrsatish, qiziqish, moyillik va emotsional holatni kompleks baholash |
||||
|
Natijalarni solishtirish va kategoriyalash yuqori, oʻrtacha, past, qobiliyat, |
||||
|
Xulosa chiqarish koʻnikmalari, individual rivojlanish yoʻnalishini aniqlash, moslashtirilgan tavsiyalar berish koʻnikmalari |
||||
|
Pedagogik va psixologik tavsiyalar ishlab chiqish, kelajakdagi faoliyat va taʼlim yoʻnalishini tavsiya etish |
||||
|
Oʻquvchi imkoniyatiga moslashtirilgan topshiriqlar va mashgʻulotlarni belgilash, guruh va individual faoliyatni rejalashtirish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Qobiliyat-shaxsning maʼlum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati |
||||
|
Umumiy qobiliyatlar yaʼni, tafakkur, diqqat, xotira maxsus qobiliyatlar yaʼni, musiqa, matematika, texnika, sport kabi sohalarga xos |
||||
|
Qiziqish-shaxsning faoliyatga ichki intilishi |
||||
|
Psixologik test va metodikalar, testlar: IQ testlar, Gardner koʻp qirrali intellekt testi, Lusher testi, MMPI, Kettell testi |
||||
|
Testlar shaxsning qobiliyat, intellekt, emotsional holat va shaxs xususiyatlarini baholashga xizmat qiladi |
||||
|
Natijalarni jadval, diagramma yoki grafik shaklida tartibga solish |
||||
|
Qobiliyat, qiziqish, moyillik va emotsional holatni kompleks baholash |
||||
|
Xulosa berish: individual rivojlanish yoʻnalishi, pedagogik va psixologik tavsiyalar |
||||
|
Oʻquvchiga moslashtirilgan topshiriqlar |
||||
|
Guruh ishlari va ijtimoiy faoliyatda qobiliyat va qiziqishlarni hisobga olish |
||||
|
Rivojlanish jarayonini monitoring qilish |
||||
|
A1.03.7- Salbiy xulq-atvorning oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Vaziyatni aniqlash, Sinf yoki guruhdagi salbiy xulq-atvor va nizolarni kuzatish. |
||||
|
2. Oʻquvchilar bilan suhbat va soʻrovlar orqali muammo sabablarini aniqlash. |
||||
|
3. Maqsad va vazifalarni belgilash, salbiy xulq-atvorni kamaytirish, nizoli vaziyatlarni oldini olish va hal etish. |
||||
|
4. Ijtimoiy qoidalarni eslatish, sinfda axloqiy va ijtimoiy qoidalarni muhokama qilish. |
||||
|
5. Oʻquvchilarni ijtimoiy masʼuliyat |
||||
|
6. Jamoada mavjud ijtimoiy-psixologik muhitni oʻrganish, salbiy xulq-atvor |
||||
|
7. Muammoli guruh yoki shaxslarni aniqlash, profilaktik va tuzatish ishlari rejasini ishlab chiqish. |
||||
|
8. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish davra suhbati, seminar, trening. |
||||
|
9. “Sogʻlom muhit-sogʻlom jamoa” mavzusida targʻibot ishlari olib borish, Masʼul shaxslar va hamkor tashkilotlarni belgilash. |
||||
|
10. Xulq-atvor madaniyati, muloqot etikasi boʻyicha trening mashgʻulotlari oʻtkazish |
||||
|
11. Yoshlar bilan individual profilaktik suhbatlar tashkil qilish, psixologik maslahat |
||||
|
12. Nizoning kelib chiqish sababini xolisona aniqlash, nizo ishtirokchilari bilan alohida |
||||
|
13. Mediatsiya kelishtirish usullaridan foydalanish, murosaga kelish boʻyicha kelishuv ishlab chiqish. |
||||
|
14. Qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilish, hisobot tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish. |
||||
|
15. Oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligini tahlil qilish, qayta soʻrovnomalar oʻtkazish orqali muhitni baholash. |
||||
|
16. Takroriy nizolarni oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar ishlab chiqish. |
||||
|
17. Ota-onalar (yoki xodimlar oilasi) bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
||||
|
18. Psixolog, rahbar, murabbiy va jamoatchilik bilan birgalikda ishlash. |
||||
|
19. Ichki tartib-qoidalar va axloqiy meʼyorlarni tushuntirish va targʻib qilish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Tadbirlarni rejalashtirish va maqsad qoʻyish, muammoni aniqlash va tahlil qilish |
||||
|
Vaqtni toʻgʻri taqsimlash va boshqarish, hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash |
||||
|
Samarali muloqot olib borish, faol tinglash |
||||
|
Ochiq va tushunarli fikr bayon etish, tanqidni toʻgʻri qabul qilish va konstruktiv fikr bildirish |
||||
|
stressli vaziyatlarda oʻzini boshqara olish, Salbiy xulq-atvor sabablarini aniqlash |
||||
|
Individual yondashuvni qoʻllash, motivatsiya berish va ragʻbatlantirish |
||||
|
Profilaktik suhbat oʻtkazish texnikasi, ijobiy muhit yaratish |
||||
|
Nizoning turini va sababini aniqlash, mediatsiya va muzokara olib borish |
||||
|
Murosaga kelish strategiyalarini qoʻllash, hissiyotlarni boshqarish va xolislikni saqlash |
||||
|
Oʻzini tahlil qilish refleksiya, stressga chidamlilik |
||||
|
Sabr-toqat va bagʻrikenglik, masʼuliyat |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Salbiy xulq-atvor tushunchasi, turlari va kelib chiqish sabablari, shaxs rivojlanish bosqichlari va yosh xususiyatlari |
||||
|
Jamoada ijtimoiy-psixologik muhit tushunchasi, nizo tushunchasi, turlari |
||||
|
Konfliktologiya asoslari, salbiy xulq-atvor tushunchasi, turlari va kelib chiqish sabablari |
||||
|
Shaxs psixologiyasi va individual farqlar, emotsiya va hissiyotlarni boshqarish asoslari |
||||
|
Stress va agressiyaning kelib chiqish sabablari, motivatsiya va ragʻbatlantirish mexanizmlari |
||||
|
Empatiya va samarali muloqot tamoyillari, shaxs psixologiyasi va individual farqlar |
||||
|
Tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari, profilaktik ishlar metodikasi |
||||
|
Intizom va ichki tartib-qoidalar mazmuni, individual yondashuv va differensial taʼlim asoslari |
||||
|
Ijobiy muhit yaratish usullari, tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari |
||||
|
Mehnat va taʼlim sohasiga oid qonunchilik asoslari, ichki tartib-qoidalar va axloqiy meʼyorlar |
||||
|
Huquqbuzarlik va intizomiy javobgarlik tushunchalari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish asoslari |
||||
|
Tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etish bosqichlari, trening, seminar va davra suhbatlarini oʻtkazish metodikasi, monitoring va baholash usullari |
||||
|
A1.04.7-Stress, zoʻravonlik, deviant xatti-harakatlarning oldini olish, sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Psixologik iqlim monitoring, anketa, test, sotsiometriya, stress indikatorlarini aniqlash emotsional zoʻriqish, charchoq, agressiya. |
||||
|
2. Deviant xatti-harakatlarning latent yashirin shakllarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi mavjud guruhlarni segmentatsiya qilish. |
||||
|
3. Psixologik iqlim monitoringi ,anketa, test, sotsiometriya, individual temperament, shaxsiy xususiyat. |
||||
|
4. Oila yoki mikroijtimoiy omillar, jamoaviy iqlim va rahbarlik uslubi. |
||||
|
5. Tashkiliy madaniyat va meʼyoriy hujjatlar tahlili, individual, temperament, shaxsiy xususiyat. |
||||
|
6. Qisqa, oʻrta va uzoq muddatli maqsadlar, KPI, natija koʻrsatkichlari belgilash. |
||||
|
7. Profilaktika, intervensiya va reabilitatsiya yoʻnalishlarini aniqlash, stress menejmenti boʻyicha modulli treninglar. |
||||
|
8. Emotsional intellektni rivojlantirish dasturlari, zoʻravonlik va bullyingning oldini olish boʻyicha interaktiv seminarlar. |
||||
|
9. Zoʻravonlik va diskriminatsiyaga nisbatan “nol toqat” tamoyilini joriy etish, ichki etik kodeks va xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish. |
||||
|
10. Maxfiy murojaat va ishonch qutisi tizimini tashkil etish, mojarolarni erta aniqlash |
||||
|
11. Har oy “ochiq muloqot kuni” oʻtkazish, rahbar va xodimlar oʻrtasida konstruktiv fikr almashuvni ragʻbatlantirish. |
||||
|
12. Nafas mashqlari va relaksatsiya texnikalarini oʻrgatish, vaqtni boshqarish (time management) treninglari. |
||||
|
13. Empatiya mashqlari, konfliktni tinch yoʻl bilan hal qilish koʻnikmalari, oʻz his-tuygʻularini nazorat qilish boʻyicha treninglar. |
||||
|
14. Psixologik maslahat xizmati tashkil etish, mentorlik ustoz-shogird tizimini joriy qilish, jamoaviy sport va madaniy tadbirlar tashkil etish. |
||||
|
15. Stressni kamaytirish boʻyicha treninglar, “Burnout” kasbiy charchoq profilaktikasi, ijobiy fikrlashni rivojlantirish mashgʻulotlari. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Oʻz hissiyotlarini tanib olish, stress manbalarini aniqlay olish, oʻzining kuchli |
||||
|
Nafas va relaksatsiya mashqlarini bajarish, salbiy fikrlarni konstruktiv fikrlashga almashtirish, hissiy portlashni nazorat qilish |
||||
|
Ustuvor vazifalarni belgilash, ish va dam olish balansini saqlash, ortiqcha yuklanishdan saqlanish |
||||
|
Boshqalarning his-tuygʻularini tushunish, turli fikr va qarashlarga tolerantlik bilan yondashish, shaxsiy chegaralarni hurmat qilish |
||||
|
Muammoni suhbat orqali hal qilish, “Men-xabar” (I-message) texnikasidan foydalanish, murosaga kelish va kelishuv tuzish |
||||
|
Gʻazabni xavfsiz yoʻl bilan chiqarish, sport, ijod, provokatsiyaga berilmaslik, vaziyatdan vaqtincha chekinish |
||||
|
Qonun va ichki qoidalarga rioya qilish, jamoa oldidagi javobgarlikni his qilish, ijobiy namuna boʻlish |
||||
|
Oqibatni oldindan baholash, “Toʻgʻri |
||||
|
Impulsiv harakatlardan saqlanish, sabr-toqatni rivojlantirish, maqsad sari intilish |
||||
|
Faol tinglash, ochiq fikr bildirish, tanqidni toʻgʻri qabul qilish, hamkorlik qilish, rollarni toʻgʻri taqsimlash, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
Yutuqlarni eʼtirof etish, oʻz-oʻzini ragʻbatlantirish, muammoga imkoniyat sifatida qarash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Stressning mohiyati va paydo boʻlish sabablari, ijobiy (eustress) va salbiy (distress) stress farqi, kasbiy stress va emotsional zoʻriqish |
||||
|
Jismoniy belgilar charchoq, bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik, psixologik belgilar asabiylik, tushkunlik, xulqiy belgilar tajovuzkorlik, chekinish |
||||
|
Ish unumdorligining pasayishi, sogʻliq muammolari, jamoaviy munosabatlarning buzilishi |
||||
|
Jismoniy zoʻravonlik, ruhiy, psixologik, zoʻravonlik, iqtisodiy zoʻravonlik, kiberzoʻravonlik |
||||
|
Notoʻgʻri tarbiya va ijtimoiy muhit, past emotsional intellekt, stress va nazoratsiz agressiya |
||||
|
Zoʻravonlikka qarshi qonunchilik asoslari, shaxsiy huquq va majburiyatlar, himoya mexanizmlari va murojaat tartibi |
||||
|
Meʼyor va ogʻish tushunchasi, ijtimoiy meʼyorlar va qadriyatlar |
||||
|
Tajovuzkorlik, qoidabuzarlik, giyohvandlik |
||||
|
Ijobiy ijtimoiy muhit, oila va jamoa nazorati, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya |
||||
|
Jamoada oʻzaro ishonch, ochiq muloqot madaniyati, oʻzaro hurmat tamoyili |
||||
|
Oʻzini anglash, empatiya, hissiyotlarni boshqarish |
||||
|
Erta aniqlash va aralashuv, trening |
||||
|
A2.01.7- Oʻquvchilar, ota-onalar va pedagoglarga individual maslahat berish, Kasb tanlash boʻyicha yoʻnaltirish A2.7 Taʼlim jarayonini raqamlashtirish holatini tahlil qilish, samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Oʻquvchi bilan shaxsiy uchrashuvlar, testlar (qiziqish, qobiliyat, temperamen testlari) orqali maslahat berish, natijalarni tahlil qilib, mos kasblar roʻyxatini tavsiya qilish. |
||||
|
2. Har bir yosh guruhiga mos kasblar haqida qisqa maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar: "Men bu kasbni qilaman" rolli oʻyinlar. |
||||
|
3. Turli korxonalar, kasb markazlari |
||||
|
4. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash, mutaxassis bilan birga yoʻl xaritasi tuzish. |
||||
|
5. Bolalarning qiziqishlari, qobiliyatlari |
||||
|
6. Kasblar va mehnat bozoridagi talablar haqida maʼlumot berish, moliyaviy |
||||
|
7. Testlar, onlayn kurslar, mentorlardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, bolani rivojlantirish boʻyicha uy sharoitida mashqlar. |
||||
|
8. Individual maslahat berish usullari, psixologik testlarni oʻqituvchilarga tushuntirish va natijalarni tahlil qilish. |
||||
|
9. Trendlar va yangi kasblar haqida muntazam yangilanishlar, mehnat bozoridagi talablar bilan tanishtirish. |
||||
|
10. Pedagoglarni guruhlarga boʻlib, oʻquvchilarga individual maslahat berish tizimini yaratish, tajriba almashish va ish jarayonlarini monitoring qilish. |
||||
|
11. Har bir guruh uchun raqamli platforma yoki portal yaratish, testlar, kasblar roʻyxati, mentorlar bilan bogʻlanish. |
||||
|
12. Oʻquvchilarni yoʻnaltirish natijalari |
||||
|
13. Ota-onalar, pedagoglar va oʻquvchilar oʻrtasida muntazam uchrashuvlar tashkil qilish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Qiziqishlar, qobiliyat va shaxsiy kuchli tomonlarni aniqlash, shaxsiy maqsad |
||||
|
Turli kasblar haqida axborot yigʻish va tahlil qilish, oʻz qobiliyatlariga mos kasblarni tanlash |
||||
|
qisqa va uzoq muddatli kasbiy yoʻlni rejalashtirish, turli variantlar orasidan optimal tanlov qilish |
||||
|
Oʻrganish motivatsiyasini oshirish, vazifalarni rejalashtirish va nazorat qilish |
||||
|
Maslahatchilar, pedagog va ota-onalar bilan samarali suhbat, guruh ishlarida hamkorlik qilish |
||||
|
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini tushunish, bolaga ijobiy motivatsiya berish |
||||
|
Kasblar, taʼlim yoʻnalishlari va ish bozorini tahlil qilish, raqamli va anʼanaviy manbalardan axborot olish |
||||
|
Bolaga muvofiq variantlarni tavsiya qilish, qaror qabul qilish jarayonida yordam berish |
||||
|
Bolalar bilan samarali suhbat qilish, pedagoglar bilan hamkorlik qilish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Shaxsiy qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash usullari, kuchli va zaif tomonlarni baholash |
||||
|
Turli kasblar va ularning talablarini bilish, taʼlim yoʻnalishlari va malaka darajalari haqida maʼlumot |
||||
|
Mashhur va dolzarb kasblar, ish bozori tendensiyalari va talablar |
||||
|
Kasb tanlash va shaxsiy rivojlanish strategiyasi, maqsad qoʻyish va rejalashtirish asoslari |
||||
|
Samarali oʻrganish va oʻqish metodlari, shaxsiy motivatsiya va vaqtni boshqarish |
||||
|
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash usullari, psixologik rivojlanish bosqichlari va yosh xususiyatlari |
||||
|
Turli kasblar va ularning talablarini tushunish, mehnat bozoridagi trendlar va kelajakdagi kasblar |
||||
|
Oʻquv va taʼlim yoʻnalishlari, oliy va kasb-hunar taʼlimi, onlayn va oflayn resurslar orqali qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
Bolaga qaror qabul qilish jarayonida yordam berish, uy sharoitida rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash yoʻllari |
||||
|
Turli kasblar va talablar, malaka darajalari, taʼlim va kasb yoʻnalishlari haqida mukammal maʼlumot |
||||
|
A2.02.7- Oʻquvchilarning oʻqishdagi va xulqidagi muammolarini hal etishda koʻmaklashish, Inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam koʻrsatish
|
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Oʻquvchilarning oʻqish, eʼtibor, eslab qolish va tushunish qobiliyatlarini aniqlash. |
||||
|
2. Oʻquvchi bilan individual uchrashuvlar, oʻquv strategiyalarini tavsiya qilish masalan: vaqtni boshqarish, konsentratsiya mashqlari. |
||||
|
3.Muammoli mavzularni aniqlash |
||||
|
4. Muvaffaqiyatni ragʻbatlantirish tizimini yaratish, yutuqlarni taqdirlash. |
||||
|
5. Baholarni yaxshilash uchun ragʻbat, oʻquvchi oʻz kuchini his qilishi uchun kichik vazifalarni belgilash. |
||||
|
6. Oʻquvchilarning maktabdagi va sinfdagi xatti-harakatlarini kuzatish, muammoli xatti-harakatlarni aniqlash va tahlil qilish. |
||||
|
7. Konfliktlarni boshqarish va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish mashqlari, stressni boshqarish va hissiyotlarni ifoda etish mashqlari. |
||||
|
8. Oʻquvchi bilan suhbat va muammoni yechish boʻyicha tavsiyalar, zarur hollarda ota-onalar va pedagoglarni jalb qilish. |
||||
|
9. Ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, oʻquvchilarning oʻz-oʻzini nazorat qilish koʻnikmalarini oshirish. |
||||
|
10. Zoʻravonlik, oilaviy muammolar, kutilmagan voqealar yoki stress vaziyatlarini aniqlash |
||||
|
11. Oʻquvchining xavfsizligini birinchi oʻringa qoʻyish, natijalarni tahlil qilib, muammolarni aniqlash. |
||||
|
12. Oʻquvchi bilan tezkor individual suhbatlar, stressni kamaytirish va muammoni boshqarish strategiyalarini berish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
O‘quvchining bilim darajasi va qiyinchilik sabablarini aniqlash, e’tibor, xotira va tafakkur jarayonlarini kuzatish |
||||
|
Individual oʻquv ehtiyojlarini belgilash, muammoning ildiz sababini aniqlash |
||||
|
Individual rivojlanish rejasini tuzish, qisqa |
||||
|
Oʻquv strategiyalarini oʻrgatish konspekt tuzish, vaqtni boshqarish, takrorlash usullari, motivatsiyani oshirish |
||||
|
Ijobiy fikr-mulohaza berish, oʻqituvchilar bilan muvofiqlashtirilgan ish olib borish |
||||
|
Ota-onalar bilan muntazam muloqot, Oʻquvchi-pedagog-ota-ona uchburchagini shakllantirish |
||||
|
Xulqdagi oʻzgarishlarni aniqlash, konflikt vaziyatlarni tahlil qilish |
||||
|
Muammoli xatti-harakatlarni qayd etish, muzokara olib borish |
||||
|
Murosaga kelish yoʻllarini topish, agresiyani konstruktiv yoʻnaltirish |
||||
|
Zarur hollarda mutaxassislarga yoʻnaltirish, maxfiylik va etik meʼyorlarga rioya qilish |
||||
|
Muammoni bosqichma-bosqich yechishga yoʻnaltirish, resurslarni aniqlash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Oʻquvchilarning yosh va individual xususiyatlari, oʻqishdagi qiyinchiliklarning psixologik sabablari |
||||
|
Samarali oʻqitish metodlari, individual yondashuv tamoyillari, differensial va inkluziv taʼlim asoslari |
||||
|
Ichki va tashqi motivatsiya tushunchasi, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash usullari |
||||
|
Oʻquvchida oʻqishga ijobiy munosabat shakllantirish yoʻllari, oʻquv qiyinchiliklarini aniqlash metodlari |
||||
|
Kuzatuv va suhbat asosida tahlil qilish, individual rivojlanish xaritasini tuzish, oʻquvchilarning emotsional va ijtimoiy rivojlanish bosqichlari |
||||
|
Konflikt turlari va sabablari, konfliktni konstruktiv hal etish usullari |
||||
|
Agresiv xatti-harakatlarning psixologik sabablari, xulq-atvor shakllanish omillari oila, muhit, tengdoshlar |
||||
|
Stress va zoʻriqish belgilarini aniqlash, ijtimoiy xavf guruhidagi oʻquvchilar bilan ishlash |
||||
|
Inqiroz tushunchasi va turlari oilaviy muammo, zoʻravonlik, yoʻqotish, travma, stress |
||||
|
Favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish algoritmi, emotsional barqarorlikni tiklash usullari |
||||
|
Pedagogik muloqot madaniyati, empatiya |
||||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
Har bir oʻquvchining psixologik xavfsizligini taʼminlash, maxfiylik tamoyillariga qatʼiy rioya qilish |
|||
|
Oʻquvchi manfaatlarini ustuvor qoʻyish, inqirozli vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilish |
||||
|
Psixodiagnostika va maslahat jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, hujjatlarni toʻgʻri yuritish va monitoring olib borish |
||||
|
Ish natijalarini tahlil qilish va hisobot berish, doimiy ravishda malaka oshirish |
||||
|
Xolis va professional tavsiyalar berish, nizoli vaziyatlarda neytral pozitsiyani saqlash |
||||
|
Hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va axborotni aniq yetkazish, kasbiy etik kodeksga rioya qilish |
||||
|
Bolalar huquqlarini himoya qilish, qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritish |
||||
|
Diagnostika natijalariga asoslangan xulosa chiqarish, individual maslahat strategiyasini mustaqil ishlab chiqish |
||||
|
Inqirozli vaziyatlarda tezkor tashabbus koʻrsatish, yillik va oylik ish rejalarini tuzish |
||||
|
Profilaktik va rivojlantiruvchi dasturlar ishlab chiqish, psixologik trening va seminarlarni mustaqil tashkil etish |
||||
|
Kasbiy refleksiya yuritish oʻz ishini tahlil qilish, superviziya va metodik maslahatlarda ishtirok etish |
||||
|
Amaliy tajriba almashish, kasbiy etik meʼyorlar asosida faoliyatni tashkil etish |
||||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Dasturiy taʼminot va platformalardan samarali foydalanish, oflayn va onlayn tahrirlash vositalari internet orqali ma’lumot izlash, elektron pochta bilan ishlash, onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish Psixologik testlar va so‘rovnomalarni kompyuterda o‘tkazish, natijalarni elektron shaklda tahlil qilish, diagnostika natijalarini saqlash va monitoring qilish, psixologik treninglar va mashg‘ulotlar uchun prezentatsiyalar, video va audio materiallardan foydalanish, interaktiv metodlar va digital resurslar, o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni maxfiy saqlash, elektron bazalarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish |
|||
|
Kasbning nomi: |
Taʼlim sohasi psixologi |
||||
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
|
||||
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
7 |
||||
|
Malakani baholashga qoʻyiladigan talablar: |
Tavsiya etiladi |
||||
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar: |
Psixolog yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha ish staji 1 yil Oliy ta’lim davridagi amaliyotlar (praktika). Psixologik diagnostika, maslahat va profilaktik ishlarni mustaqil olib borish ko‘nikmasi, talabalar bilan individual va guruhiy psixologik ishlash, stress, moslashuv muammolari va motivatsiya bo‘yicha psixologik yordam ko‘rsatish, psixologik test va diagnostika metodikalarini qo‘llash, talabalar, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan psixologik maslahatlar o‘tkazish, psixologik trening va seminarlar tashkil etish, talabalar shaxsiy rivojlanishi, kasbiy yo‘naltirish va moslashuv bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish. Ilmiy-uslubiy ishlar olib borish, ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha tajriba, katta psixologik loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish, talabalar psixologik holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha innovatsion metodlarni qo‘llash, ilmiy maqolalar, metodik qo‘llanmalar yoki trening dasturlari yaratish, talabalarning psixologik diagnostikasi, individual va guruhiy maslahatlar berish, talabalarning moslashuvi (adaptatsiya) jarayonini o‘rganish, stress, depressiya va motivatsiya muammolari bo‘yicha yordam ko‘rsatish, trening, seminar va psixologik treninglar tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda psixologik muhitni yaxshilash. |
||||
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar |
Oliy taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish va amaliyotda qoʻllash; taʼlim jarayonini, hujjatlar yuritilishini hamda ichki nazorat tizimini baholash; aniqlangan kamchiliklar boʻyicha asoslangan xulosa va takliflar tayyorlash; taʼlim sifati va intizomga oid holatlarni monitoring qilish; oldindan aytib boʻlmaydigan vaziyatlarda tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilish; xizmat axborotlari va shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashda maxfiylik talablariga rioya etish. masʼuliyatlilik-xizmat vazifalarini vijdonan va belgilangan muddatlarda bajarish; halollik va xolislik-qarorlar qabul qilishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik; analitik fikrlash- maʼlumotlarni tizimli tahlil qilish va asosli xulosalar chiqarish; muloqot madaniyati-rahbarlar, pedagog xodimlar va talabalar bilan professional muloqot olib borish; stressga chidamlilik, ziddiyatli va murakkab vaziyatlarda oʻzini tuta bilish; tashabbuskorlik-taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish; oʻzini rivojlantirishga intilish-kasbiy bilim va kompetensiyalarni muntazam oshirib borish. |
||||
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
magistratura; yuqori darajadagi qoʻshimcha taʼlim (internatura, ordinatura, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi va boshqa xalqaro tan olingan taʼlim); mutaxassislik (spetsialitet); bakalavriat va amaliy tajriba; |
||||
|
Informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
- |
||||
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
- |
||||
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
Taʼlim sohasi psixologi |
||||
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
|||
|
|
|
|
|||
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
||||
|
B1.7- Oliy taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonining amaldagi qonunchilik, davlat taʼlim standartlari, normativ-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarga muvofiqligini nazorat qilish
|
B1.01.7- Taʼlim oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash, intellektual rivojlanish darajasini baholash |
Oʻqitish natijalari |
|||
|
Mehnat harakatlari: |
|||||
|
1. Psixodiagnostik maqsad va vazifalarni aniqlash, yosh va individual xususiyatlarga mos metodikalarni tanlash. |
|||||
|
2. Tadqiqot oʻtkazish rejasi va jadvalini tuzish, ota-onalar va pedagoglarni jarayon haqida xabardor qilish. |
|||||
|
3. Individual va guruhiy testlar oʻtkazish, soʻrovnoma, anketa va suhbat metodlaridan foydalanish. |
|||||
|
4. Kuzatuv orqali xulq-atvor xususiyatlarini qayd etish, psixologik muhitni qulay va xavfsiz tashkil qilish. |
|||||
|
5. Test natijalarini statistik va sifat jihatdan tahlil qilish, shaxsning temperament, xarakter |
|||||
|
6. Kuchli va rivojlantirish zarur boʻlgan tomonlarni belgilash, individual psixologik portret tuzish. |
|||||
|
7. Pedagog va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar berish, rivojlantiruvchi yoki korreksion ishlar rejasini ishlab chiqish. |
|||||
|
8. Oʻquvchi rivojlanishini dinamik kuzatish, zarur hollarda qayta diagnostika oʻtkazish. |
|||||
|
9. Amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash, ogʻzaki va yozma topshiriqlar orqali tafakkurni baholash. |
|||||
|
10. Yoshga mos intellektual rivojlanish koʻrsatkichlarini aniqlash, baholash indikatorlari,mantiqiy fikrlash, xotira, eʼtibor, nutq rivojini tanlash. |
|||||
|
11. Intellektual rivojlantirish mashgʻulotlarini tashkil etish, tafakkur, xotira va eʼtiborni rivojlantiruvchi mashqlar tavsiya qilish. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Psixodiagnostik metodlarni toʻgʻri tanlash va qoʻllash, test, soʻrovnoma, suhbat va kuzatuv usullaridan samarali foydalanish |
|||||
|
Olingan maʼlumotlarni aniq qayd etish, test natijalarini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish |
|||||
|
Individual xususiyatlarni,temperament, xarakter, qiziqish, motivatsiya aniqlash, muammoli jihatlarni aniqlab, sabab-oqibat bogʻliqligini koʻra bilish |
|||||
|
Natijalarni yosh meʼyorlari bilan solishtirish, individual psixologik portret tuzish |
|||||
|
Tahlil asosida asosli xulosa chiqarish, oʻquvchi bilan ishonchli aloqa oʻrnatish |
|||||
|
Ota-ona va pedagoglarga natijalarni tushunarli yetkazish, tavsiyalarni aniq va konstruktiv shaklda berish |
|||||
|
Rivojlanish dinamikasini kuzatish, qayta diagnostika zaruratini aniqlash |
|||||
|
Rivojlantiruvchi dasturlar samaradorligini baholash, yoshga mos intellektual testlarni tanlash |
|||||
|
Mantiqiy, analitik va ijodiy fikrlashni baholash, eʼtibor, xotira va tafakkur darajasini aniqlash |
|||||
|
Olingan natijalarni tizimlashtirish, meʼyoriy koʻrsatkichlar bilan taqqoslash |
|||||
|
Kuchli va rivojlantirish zarur boʻlgan tomonlarni ajratish, intellektual rivojlantirish mashgʻulotlarini rejalashtirish |
|||||
|
Tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal qilish mashqlarini ishlab chiqish, individual rivojlanish dasturini tuzish |
|||||
|
Empatiya va faol tinglash, maxfiylik va etik meʼyorlarga rioya qilish |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Shaxs rivojlanishining yosh bosqichlari, individual farqlar psixologiyasi |
|||||
|
Temperament, xarakter va qobiliyat nazariyalari, motivatsiya va ehtiyojlar tizimi |
|||||
|
Psixologik testlarning ilmiy asoslari, validlik |
|||||
|
Diagnostika metodlarining turlari test, suhbat, kuzatuv, soʻrovnoma, natijalarni qayta ishlash |
|||||
|
Individual psixologik portret tuzish tamoyillari, muammoli xulq va shaxsiy xususiyatlarni aniqlash mezonlari |
|||||
|
Ijtimoiy muhit va oilaviy omillarning taʼsiri, maxfiylik tamoyillari |
|||||
|
Bolalar huquqlarini himoya qilish, psixologik xizmatni tashkil etishning meʼyoriy asoslari, intellekt tushunchasi va uning tarkibiy qismlari, mantiqiy, analitik va ijodiy tafakkur nazariyalari |
|||||
|
Kognitiv rivojlanish bosqichlari, diqqat, xotira, tafakkur va nutqning psixologik mexanizmlari |
|||||
|
Muammoli vaziyatlarni hal qilish jarayoni, axborotni qayta ishlash jarayoni |
|||||
|
Standartlashtirilgan intellekt testlari, yosh meʼyorlari va baholash mezonlari, natijalarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish |
|||||
|
Ota-ona va pedagoglarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari |
|||||
|
|
B1.02.7- Emotsional holat va shaxs xususiyatlarini oʻrganish, qobiliyat, qiziqish va kasbiy moyilliklarni aniqlash, diagnostik metodikalar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Diagnostikaning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, taʼlim oluvchining yosh, jins, ijtimoiy muhit xususiyatlarini hisobga olish. |
|||||
|
2. Mos psixodiagnostik metodikalarni tanlash, emotsional barqarorlik, xavotir, stress, agressivlik va boshqalar. |
|||||
|
3. Diagnostika oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish, maxfiylik va etik tamoyillarni tushuntirish. |
|||||
|
4. Stress, xavotir, depressiv holat, affektiv reaktsiyalarni aniqlash, emotsional fonni suhbat |
|||||
|
5. Oʻquvchining oʻz his-tuygʻularini ifoda etish darajasini aniqlash |
|||||
|
6. Hissiy barqarorlik va impulsivlik darajasini baholash, inqirozli belgilarni erta aniqlash. |
|||||
|
7. Temperament tipini aniqlash, xarakter xususiyatlarini oʻrganish, ijtimoiy moslashuv darajasini baholash. |
|||||
|
8. Oʻziga baho berish adekvat yoki past/yuksak darajasini aniqlash, liderlik va kommunikativ salohiyatni baholash. |
|||||
|
9. Test natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish, turli metodikalar natijalarini oʻzaro solishtirish. |
|||||
|
10. Individual psixologik portret tuzish, xavf omillarini aniqlash, ijodiy tafakkurni baholash. |
|||||
|
11. Umumiy intellektual qobiliyatni baholash, maxsus qobiliyatlarni, matematik, lingvistik, ijodiy, texnik va boshqalar aniqlash. |
|||||
|
12. Analitik va mantiqiy fikrlash darajasini baholash, muammoli vaziyatlarni hal qilish tezligi |
|||||
|
13. Oʻquvchining sevimli fan va faoliyat turlarini aniqlash, boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishini tahlil qilish. |
|||||
|
14. Ichki motivatsiya va tashqi ragʻbat omillarini aniqlash, ijtimoiy va individual qiziqishlar nisbatini baholash. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Psixodiagnostik metodikalarni toʻgʻri tanlash va qoʻllash, individual va guruhiy testlarni tashkil etish |
|||||
|
Suhbat va kuzatuv orqali emotsional belgilarni aniqlash, stress, xavotir, agressivlik va depressiv holatlarni farqlay bilish |
|||||
|
Verbal va noverbal xatti-harakatlarni kuzatish, hissiy reaksiyalarni tahlil qilish |
|||||
|
Shaxsning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, muammoli omillarni aniqlash va sabablarini tushunish |
|||||
|
Olingan natijalarni tizimlashtirish, individual psixologik tavsif yozish, shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini baholash |
|||||
|
Intellektual va maxsus qobiliyatlarni aniqlash, mantiqiy va analitik fikrlashni baholash |
|||||
|
Ijodiy tafakkurni aniqlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish salohiyatini baholash |
|||||
|
Motivatsiyani tahlil qilish, sevimli faoliyat yoʻnalishlarini aniqlash, ichki va tashqi ragʻbat omillarini farqlash |
|||||
|
Kasbiy testlar bilan ishlash, qobiliyat va qiziqish uygʻunligini tahlil qilish |
|||||
|
Individual kasbiy yoʻl xaritasini ishlab chiqish, mehnat bozori talablari bilan moslashtirish |
|||||
|
Turli metodika natijalarini solishtirish, kompleks xulosa chiqarish, natijalarni yosh meʼyorlari bilan taqqoslash |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Shaxs rivojlanish bosqichlari, individual farqlar psixologiyasi |
|||||
|
Temperament va xarakter nazariyalari, oʻzini anglash va oʻziga baho mexanizmlari |
|||||
|
Emotsiya va hissiyot tushunchasi, stress va xavotir mexanizmlari |
|||||
|
Affektiv holatlar va ularning namoyon boʻlishi, emotsional barqarorlik va impulsivlik tushunchasi |
|||||
|
Shaxs tuzilmasi va komponentlari, motivatsiya |
|||||
|
Ijtimoiy moslashuv va kommunikatsiya asoslari, oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari |
|||||
|
Diagnostika metodlarining turlari, testlarning validligi va ishonchliligi |
|||||
|
Natijalarni interpretatsiya qilish tamoyillari, individual psixologik portret tuzish asoslari |
|||||
|
Umumiy va maxsus qobiliyat tushunchasi, intellekt va ijodiy qobiliyat turlari, qobiliyat va isteʼdod farqi |
|||||
|
Ichki va tashqi motivatsiya, kasbiy qiziqish turlari, shaxsning ehtiyoj va qadriyatlari tizimi |
|||||
|
Statistik va sifat tahlili elementlari, normativ koʻrsatkichlar bilan solishtirish, kompleks diagnostik xulosa chiqarish tamoyillari |
|||||
|
Individual rivojlanish dasturini tuzish, psixologik treninglar asoslari, stressni boshqarish va emotsional rivojlantirish metodlari |
|||||
|
|
B1.03.7- Salbiy xulq-atvor va deviant holatlarning oldini olish, Zoʻravonlik, bulling, stress va nizolar profilaktikasi |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Psixologik iqlimni oʻrganish soʻrovnomalar, anonim anketa, risk guruhiga kiruvchi oʻquvchi/xodimlarni aniqlash. |
|||||
|
2. Zoʻravonlik va bulling holatlari boʻyicha yashirin monitoring, stress va nizolar darajasini baholash. |
|||||
|
3. “Zoʻravonlikka qarshi nol toqat” siyosatini joriy etish, ichki tartib-qoidalarni ishlab chiqish |
|||||
|
4. Ishtirokchilar uchun trening va seminarlar oʻtkazish, ishonch qutisi yoki maxfiy murojaat kanallarini tashkil etish, ota-ona va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish. |
|||||
|
5. Stressni boshqarish boʻyicha treninglar, psixologik maslahat xizmatini yoʻlga qoʻyish. |
|||||
|
6. Dam olish va relaksatsiya mashgʻulotlari tashkil etish, ish yuklamasini meʼyorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish. |
|||||
|
7. Nizolarni erta aniqlash mexanizmini joriy qilish, |
|||||
|
8. Muomala madaniyati va empatiya koʻnikmalarini rivojlantirish, “Tinglash va tushunish” tamoyilini targʻib qilish. |
|||||
|
9. Huquqiy savodxonlik darslari, ijobiy xulq-atvor modellarini targʻib qilish. |
|||||
|
10. Ijtimoiy loyihalar va jamoaviy faoliyatni rivojlantirish, yetakchilik va masʼuliyat koʻnikmalarini shakllantirish. |
|||||
|
11. Psixolog-pedagog-rahbariyat-ota-ona hamkorligi, profilaktika inspektori va mutaxassislar bilan hamkorlik, mahalla va jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash. |
|||||
|
12. Oʻtkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, takroriy monitoring oʻtkazish. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Sinf va guruhning ijtimoiy-psixologik muhitini oʻrganish, oʻquvchilarning xulq-atvor tarixini va individual psixologik xususiyatlarini aniqlash |
|||||
|
Salbiy xatti-harakatlarni aniqlash uchun metodikalarni tanlash, soʻrovnoma, suhbat, kuzatuv, Ota-onalar va pedagoglarni jarayon haqida xabardor qilish |
|||||
|
Xulqdagi ogʻishlarni va muammoli belgilarni muntazam kuzatish, salbiy hatti-harakatlar agressiya, tartibsizlik, bulling boʻyicha holatlarni qayd etish |
|||||
|
Ijtimoiy moslashuv va guruhdagi oʻquvchilarning munosabatini baholash, kuzatuv natijalarini tizimlashtirish |
|||||
|
Salbiy xulq-atvor sabablari va rivojlanish omillarini aniqlash, muammoli guruhlarni yoki xavf ostidagi oʻquvchilarni aniqlash |
|||||
|
Salbiy xatti-harakatlarni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, guruh ichidagi ijobiy muhitni shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish |
|||||
|
Ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirish treninglari tashkil etish, oʻquvchi va ota-onalar bilan individual maslahatlar oʻtkazish |
|||||
|
Zoʻravonlik va bulling holatlarini aniqlash, sinovlar, suhbat, kuzatuv, zoʻravonlikka moyil oʻquvchilarni aniqlash |
|||||
|
Guruhdagi tengdoshlar oʻrtasidagi munosabatlarni kuzatish, ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish mashgʻulotlarini tashkil etish |
|||||
|
Empatiya va hamdardlikni oshirish treninglarini oʻtkazish, konfliktni konstruktiv hal qilish metodlarini oʻrgatish, ota-onalar va pedagoglarni profilaktika choralariga jalb qilish |
|||||
|
Zoʻravonlik yoki bulling holatlariga tezkor aralashish, zarur hollarda mutaxassislar,psixolog, sotsiolog, politsiya bilan hamkorlik, holatni hujjatlashtirish va tavsiyalar berish |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Shaxsning rivojlanish bosqichlari va individual farqlari, temperament va xarakter turlari, ularning xulq-atvorga taʼsiri |
|||||
|
Deviant xulq-atvor sabablari va turlari, agressiya, tartibsizlik, antisotsial xatti-harakatlar, psixologik |
|||||
|
Individual, guruh va maktab kontekstidagi rivojlanish mexanizmlari, salbiy xulq-atvorni oldini olish metodlari |
|||||
|
Ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish asoslari, individual va guruhiy profilaktika choralari |
|||||
|
Zoʻravonlik va bulling tushunchalari va turlari, zoʻravonlik sabablari, individual, guruh, ijtimoiy, zoʻravonlikning psixologik va ijtimoiy oqibatlari |
|||||
|
Zoʻravonlik va bulling belgilarini aniqlash metodlari, guruh ichidagi munosabatlar |
|||||
|
Konfliktni konstruktiv hal qilish strategiyalari, empatiya, hamdardlik va ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirish |
|||||
|
Ota-ona va pedagoglar bilan hamkorlikda profilaktik ishlarni tashkil etish, hujjatlashtirish va monitoring tamoyillari |
|||||
|
Psixodiagnostika metodlari ,soʻrovnoma, suhbat, kuzatuv, natijalarni tahlil qilish va interpretatsiya qilish, individual va guruhiy tavsiyalar ishlab chiqish asoslari |
|||||
|
|
B1.04.7- Oʻquvchilarga individual va guruhiy maslahat berish, ota-onalar va pedagoglarga psixologik tavsiyalar berish boʻlim boshligʻi tomonidan topshirilgan boshqa ishlarni bajaradi
|
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Maslahat berish maqsadi va vazifalarini aniqlash, oʻquvchining psixologik holati va ehtiyojlarini oʻrganish. |
|||||
|
2. Individual maslahat metodikasi va mashgʻulot rejasi ishlab chiqish, oʻquvchining shaxsiy muammolarini tinglash va aniqlash. |
|||||
|
3. Muammoni tushuntirish, sabablarini aniqlash |
|||||
|
4. Maslahat natijalarini qayd etish, oʻquvchining rivojlanish dinamikasini kuzatish. |
|||||
|
5. Zarur hollarda keyingi maslahatlar yoki korreksion mashgʻulotlarni rejalashtirish. |
|||||
|
6. Guruhni ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish, maslahat mavzusi va maqsadlariga mos mashgʻulot rejasi tuzish. |
|||||
|
7. Guruh ichida muloqotni ragʻbatlantirish, ijtimoiy va emotsional koʻnikmalarni rivojlantirish mashqlarini oʻtkazish. |
|||||
|
8. Konfliktni hal qilish va murosaga kelish strategiyalarini oʻrgatish, guruh aʼzolarining ishtiroki va faoliyatini kuzatish. |
|||||
|
9. Mashgʻulot samaradorligini tahlil qilish, tavsiyalar va keyingi reja ishlab chiqish. |
|||||
|
10. Boʻlim boshligʻi tomonidan belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish, loyihalarni, hisobotlarni va psixologik tadbirlarni tashkil etish. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Oʻquvchining individual psixologik xususiyatlarini aniqlash, muammoli vaziyat va xulq-atvorni diagnostika qilish |
|||||
|
Maslahat berish maqsadlarini aniqlay bilish, aktiv tinglash va empatiya koʻrsatish |
|||||
|
Oʻquvchiga muammo sabablarini tushuntirish, qaror qabul qilish va muammoni hal qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berish |
|||||
|
Maslahat natijalarini qayd etish va tahlil qilish, oʻquvchining rivojlanish dinamikasini kuzatish |
|||||
|
Keyingi maslahatlar va korreksion mashgʻulotlar rejasini ishlab chiqish |
|||||
|
Guruhning ijtimoiy-psixologik muhitini baholash, guruhdagi nizolar va muammoli xatti-harakatlarni aniqlash |
|||||
|
Ijtimoiy va emotsional koʻnikmalarni rivojlantirish mashqlarini oʻtkazish, konfliktni hal qilish |
|||||
|
Guruh mashgʻulotlarining samaradorligini tahlil qilish, natijalarga asoslangan tavsiyalar berish, keyingi mashgʻulotlarni rejalashtirish |
|||||
|
Oʻquvchining rivojlanishini va xulq-atvorini baholash, muammolarni guruh va sinf kontekstida aniqlash |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Shaxsning rivojlanish bosqichlari va individual xususiyatlari, Temperament va xarakter turlari, ularning xulq-atvorga taʼsiri |
|||||
|
Shaxsning motivatsiyasi va ehtiyojlari, emotsional barqarorlik va stressni boshqarish nazariyalari |
|||||
|
Diagnostik metodlar va ularning turli yoshdagi oʻquvchilarga mosligi, maslahat jarayonining nazariy asoslari |
|||||
|
Maslahat berish texnologiyalari va psixologik intervensiya usullari, individual maslahat natijalarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish |
|||||
|
Salbiy xulq-atvor va deviant holatlar tushunchasi, muammoli xatti-harakatlarning sabablari |
|||||
|
Oʻquvchida stress va muammoli vaziyatlarni aniqlash tamoyillari, guruh rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy dinamikasi |
|||||
|
Guruhdagi munosabatlar va liderlik xususiyatlarini aniqlash, tengdosh bosimi va ijtimoiy moslashuv nazariyalari |
|||||
|
Guruh mashgʻulotlarini rejalashtirish va tashkil etish asoslari, konfliktni hal qilish va mediatsiya nazariyasi |
|||||
|
B2.7 – Oʻquv jarayonining tashkil etilishi, dars jadvali, mashgʻulotlar sifati va pedagogik yuklamalar bajarilishini tekshirish, talabalar davomatini, bilimlarni baholash va reyting tizimining toʻgʻri qoʻllanilishini monitoring qilish |
B2.01.7- Taʼlim jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish, kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha maslahatlar berish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Oʻquvchilarning oʻqishdagi qiyinchiliklari |
|||||
|
2. Oʻquvchilarning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash, temperament, xarakter, motivatsiya. |
|||||
|
3. Oʻquvchilarning oʻqish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, mos diagnostik metodikalarni tanlash: testlar, kuzatuv, intervyu, soʻrovnomalar. |
|||||
|
4. Taʼlim jarayonidagi qiyinchiliklarni oldini olish boʻyicha reja tuzish, samarali oʻqish strategiyalari |
|||||
|
5. Oʻquvchi bilan individual suhbat oʻtkazish, muammoli vaziyatlarni aniqlash, oʻquvchining oʻqishdagi qiyinchiliklarini yengish boʻyicha maslahatlar berish. |
|||||
|
6. Oʻquvchining oʻzini motivatsiyalash va oʻqishga qiziqishini oshirishga yoʻnaltirish, individual rivojlanish monitoringini olib borish va xulosalar chiqarish. |
|||||
|
7. Guruh mashgʻulotlari orqali oʻquvchilarning ijtimoiy va emotsional koʻnikmalarini rivojlantirish, muammoli guruhlar yoki sinflarda profilaktik mashgʻulotlar oʻtkazish. |
|||||
|
8. Guruh ichidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish va ijobiy muhitni shakllantirish, konflikt va nizolarni guruh darajasida aniqlash va ularni konstruktiv hal qilish. |
|||||
|
9. Amalga oshirilgan yordamning samaradorligini baholash, zarur hollarda korreksion chora-tadbirlar va qoʻshimcha maslahatlar rejalashtirish. |
|||||
|
10. Oʻquvchining qobiliyat, qiziqish va shaxsiy xususiyatlarini aniqlash, kasbiy yoʻnaltirish testlari va soʻrovnomalarni tayyorlash. |
|||||
|
11. Oʻquvchining kelajakdagi kasb maqsadlarini tushunish va aniqlash, mehnat bozori talablari |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Oʻquvchining oʻqishdagi qiyinchiliklarini aniqlash va ularni turkumlash, shaxsiy xulq-atvor, temperament va motivatsiyani baholash |
|||||
|
Oʻquvchilarning taʼlim jarayonida duch keladigan muammolarini tahlil qilish, testlar, soʻrovnomalar, kuzatuv va intervyu orqali maʼlumot yigʻish, natijalar asosida individual rivojlanish rejasini ishlab chiqish |
|||||
|
Oʻquvchi bilan samarali suhbat olib borish, muammolarni tinglash, muammoni aniqlash va hal qilish boʻyicha tavsiyalar berish |
|||||
|
Motivatsiya va oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquvchining oʻzini motivatsiyalash va oʻqishga qiziqishini oshirish, natijalarni tahlil qilib, keyingi maslahatlarni rejalashtirish |
|||||
|
Guruh ichidagi ijtimoiy va emotsional koʻnikmalarni rivojlantirish, muammoli guruhlar yoki sinflarda profilaktik mashgʻulotlar oʻtkazish |
|||||
|
Konfliktlarni aniqlash va konstruktiv hal qilish, guruh aʼzolari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish |
|||||
|
Oʻquvchining qobiliyat, qiziqish va shaxsiy xususiyatlarini aniqlash, kasbiy yoʻnaltirish testlari va soʻrovnomalarni qoʻllash |
|||||
|
Oʻquvchining kelajakdagi kasb maqsadlarini tushunish va baholash, mehnat bozori va zamonaviy kasblar haqidagi bilimlarni qoʻllash |
|||||
|
Oʻquvchining qiziqish va qobiliyatiga mos kasb-hunar variantlarini tavsiya qilish, qaror qabul qilish va kasbiy yoʻl tanlash boʻyicha yoʻl-yoʻriq berish |
|||||
|
Individual yoʻl xaritasini ishlab chiqish |
|||||
|
Guruhdagi oʻquvchilarning qiziqish va maqsadlarini aniqlash, mashgʻulot natijalarini tahlil qilish |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Oʻquvchiga shaxsiy maqsadlarni belgilashni oʻrgatish. Masalan, haftalik yoki oylik kichik maqsadlar |
|||||
|
Oʻrganilgan narsalarni amaliy hayot bilan bogʻlash, ragʻbatlantirish tizimini yaratish-masalan, erishilgan natijalar uchun mukofot yoki tan olish |
|||||
|
Faol oʻrganish usullarini qoʻllash: rolli oʻyinlar, guruh ishlari, muammoli vaziyatlar |
|||||
|
Mnemotexnika va qayta takrorlash texnikalarini oʻrgatish, diqqatni jamlash uchun qisqa va samarali mashgʻulotlar tashkil etish |
|||||
|
Elektron kitoblar, onlayn kurslar va videodarslardan foydalanish, oʻquv markazlari va kutubxonalardan yordam olish |
|||||
|
Vaqtni boshqarish: kunlik jadval tuzish, muhim vazifalarni ustuvor qilish, uy vazifasi va oʻqish vaqtini rejalashtirish |
|||||
|
Stressni kamaytirish texnikalari: nafas olish mashqlari, qisqa tanaffuslar, sport, ota-ona |
|||||
|
Oʻquvchining qiziqish sohalarini va kuchli tomonlarini baholash, shaxsiy testlar, self-assessment yoki murabbiylar bilan suhbatlar orqali aniqlash |
|||||
|
Mahalliy va xalqaro ish bozoridagi talab yuqori boʻlgan kasblarni aniqlash, kasbga oid amaliy mashgʻulotlar, stajirovkalar va koʻngilli ishlarni tavsiya qilish |
|||||
|
Hayot davomida oʻqish va yangi koʻnikmalarni oʻrganish zarur, kitob oʻqish, onlayn kurslar |
|||||
|
|
B2.02.7- Psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mashgʻulotlar tashkil etish, shaxsiy oʻsish va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Stressni boshqarish texnikasi: nafas olish mashqlari, meditatsiya, vizualizatsiya, emotsiyalarni ifodalash: kundalik jurnal, hissiyotlarni ranglar yoki simvollar bilan ifodalash. |
|||||
|
2. Muammoni yechish mashqlari: turli hayotiy vaziyatlarni rol oʻynash orqali tahlil qilish va yechim izlash. |
|||||
|
3. Ijobiy tasavvur mashqlari: har bir kunni muvaffaqiyat bilan yakunlash va natijalarni qayd etish. |
|||||
|
4. Shaxsiy maqsadlar belgilash: SWOT-analiz, “Men kimman va qayerga borayapman?” mashqlari, muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish: aktiv tinglash, fikrni aniq ifodalash, tanqidni konstruktiv qabul qilish. |
|||||
|
5. Ijtimoiy intellekt mashqlari: empatiya, hissiy holatlarni tushunish va munosabatlarni boshqarish. |
|||||
|
6. Jamoaviy ish mashqlari: guruh loyihalari, muammoni birgalikda yechish, rollarni almashtirish. |
|||||
|
7. Vaqtni boshqarish mashqlari: kunlik reja tuzish, prioritetlarni belgilash, masʼuliyatni oshirish mashqlari: kichik vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, natijalarni hisobot qilish. |
|||||
|
8. Masʼuliyatni oshirish mashqlari: kichik vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, natijalarni hisobot qilish. |
|||||
|
9. Mehnat odob-axloqi mashqlari: ish joyini tartibga keltirish, ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya. |
|||||
|
10. Har bir mashgʻulot 30–60 daqiqa davom etishi mumkin, guruh mashgʻulotlari bilan individual mashgʻulotlarni aralashtirish samarali. |
|||||
|
11. Mashgʻulot oxirida refleksiya va fikr almashish jarayoni qoʻshilishi kerak. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Stressni boshqarish, emotsiyalarni boshqarish, qaror qabul qilish va muammoni yechish, ichki motivatsiyani saqlash |
|||||
|
Nafs nazorati mashqlari: chuqur nafas olish, meditatsiya, relaksatsiya, stressli vaziyatlarda rol oʻynash va yechim izlash |
|||||
|
Kundalik jurnal yozish: hissiyotlar va yutuqlarni qayd etish, ijobiy fikrlash mashqlari: har bir muvaffaqiyatsizlikdan dars olish |
|||||
|
Shaxsiy SWOT tahlil: kuchli va zaif tomonlarni aniqlash, guruh mashqlari: birgalikda loyiha yaratish va muammoni yechish |
|||||
|
Aktiv tinglash mashqlari: suhbatdoshning fikrini toʻliq tushunish va qayta ifodalash, konflikt vaziyatlarini simulyatsiya qilish va konstruktiv yechim topish |
|||||
|
Kundalik reja tuzish va vazifalarni tartib bilan bajarish, mini-loyihalar va amaliy mashqlar orqali masʼuliyatni oshirish |
|||||
|
Ish joyini tartibga keltirish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, muammolarni ijodiy yechimlar bilan hal qilish mashqlari |
|||||
|
Oʻzini anglash va oʻz-oʻzini baholash, oʻziga ishonch va oʻzini taqdim etish, empatiya va hissiy intellekt |
|||||
|
Samarali muloqot va tinglash, jamoada ishlash |
|||||
|
Muammoni yechish mashqlari-stressli vaziyatlarni simulyatsiya qilish va yechim topish |
|||||
|
Pozitiv psixologiya mashqlari-har kuni ijobiy natijalarni qayd etish, minnatdorlik jurnalini yuritish |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Stressning psixologik va fiziologik taʼsiri, hissiy intellekt va emotsiyalarni boshqarish |
|||||
|
Qaror qabul qilish va muammoni yechish strategiyalari, ichki motivatsiya va moslashuvchanlik nazariyasi |
|||||
|
Stressni boshqarish texnikalari, nafas olish, meditatsiya, vizualizatsiya, emotsiyalarni aniqlash va ifodalash |
|||||
|
Qaror qabul qilish va muammoni analiz qilish, ichki motivatsiyani saqlash va rivojlantirish |
|||||
|
Kundalik hissiyotlar jurnalini yuritish, stressli vaziyatlarda rolli oʻyinlar simulyatsiyalar |
|||||
|
Meditatsiya va vizualizatsiya mashqlari, ijobiy psixologiya mashqlari, minnatdorlik, muvaffaqiyatlarni qayd etish |
|||||
|
Yoga, nafas olish va jismoniy mashqlar bilan ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, |
|||||
|
|
|
Guruh ichida muammolarni muhokama qilish va fikr almashish |
|||
|
|
B2.03.7- Muloqot, liderlik va oʻzini boshqarish koʻnikmalarini shakllantirish, Iqtidorli va alohida eʼtibor talab etuvchi oʻquvchilar bilan ishlash |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Iqtidorli va alohida eʼtibor talab etuvchi oʻquvchilar bilan ishlashda mehnat odob-axloqi, intizom va masʼuliyatni shakllantirish. |
|||||
|
2. Oʻquvchilarda samarali muloqot, liderlik va oʻzini boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish, ish jarayonida ijodiy va analitik yondashuvni rivojlantirish. |
|||||
|
3. Aktiv tinglash va fikrni aniq ifodalash, konfliktlarni konstruktiv hal etish. |
|||||
|
4. Vazifalarni taqsimlash va nazorat qilish, guruhni motivatsiya qilish. |
|||||
|
5. Guruhdagi munosabatlarni boshqarish, qaror qabul qilish va masʼuliyatni boʻlishish. |
|||||
|
6. Vaqtni samarali boshqarish, ichki motivatsiyani saqlash, stress va hissiy holatlarni nazorat qilish. |
|||||
|
7. Har bir oʻquvchining individual ehtiyojini tushunish, moslashtirilgan mashgʻulotlar |
|||||
|
8. Stressni boshqarish mashqlari: nafas olish, vizualizatsiya, relaksatsiya, ichki motivatsiyani oshirish uchun shaxsiy yutuqlar jurnalini yuritish. |
|||||
|
9. Har bir oʻquvchi uchun moslashtirilgan vazifalar va alohida topshiriqlar. |
|||||
|
10. Ragʻbatlantirish: ijobiy feedback, mukofotlar, minnatdorlik. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Aktiv tinglash, interaktiv va samimiy tinglash, fikrni aniq va ravon ifodalash, konfliktlarni konstruktiv hal etish |
|||||
|
Jamoa ichida samarali muloqot qilish, savol berish va fikr almashish koʻnikmasi |
|||||
|
Rol oʻyinlari va simulyatsiyalar: real hayotiy vaziyatlarni muhokama qilish, guruhdagi muammolarni birgalikda hal qilish mashqlari |
|||||
|
Suhbatdoshning fikrini qayta ifodalash mashqlari, debatlar va fikr almashish sessiyalari |
|||||
|
Vazifalarni belgilash va taqsimlash, qaror qabul qilish va masʼuliyatni olish, guruhni motivatsiya qilish va ragʻbatlantirish |
|||||
|
Natijalarni tahlil qilish va baholash, jamoaviy ishda liderlik qiladigan koʻnikmalar |
|||||
|
Mini-loyihalarni boshqarish va natijalarini taqdim etish, guruh aʼzolarini ragʻbatlantirish |
|||||
|
Qaror qabul qilish mashqlari: “Muammo-yechim” metodikasi, loyiha va vazifa yakunida natijalarni tahlil qilish mashqlari |
|||||
|
Vaqtni samarali boshqarish, stressni nazorat qilish |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Muloqotning asosiy tamoyillari: verbal va noverbal muloqot, aktiv tinglash va qayta ifodalash texnikalari, konfliktlarni aniqlash va konstruktiv hal etish usullari |
|||||
|
Guruh ichidagi kommunikatsiya va hamkorlik asoslari, savol berish va fikr almashish madaniyati |
|||||
|
Nazariy oʻquv materiallari: kitoblar, maqolalar, videodarslar, guruh muhokamasi va seminar mashqlari |
|||||
|
Rol oʻyinlari va konflikt simulyatsiyalari, real vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mashqlari |
|||||
|
Liderlik nazariyasi: turli uslublar va yondashuvlar, qaror qabul qilish strategiyalari, guruhni motivatsiya qilish va ragʻbatlantirish usullari |
|||||
|
Vazifalarni belgilash va taqsimlash asoslari, natijalarni baholash va tahlil qilish tamoyillari |
|||||
|
Nazariy kurslar va seminarlar: liderlik va jamoa ishlash boʻyicha, Case-study mashqlari: real loyihalar va muammolarni tahlil qilish |
|||||
|
Guruh loyihalari va mini-loyihalar orqali amaliyot, Feedback va mentorlik mashqlari: qaror qabul qilish va natijalarni baholash |
|||||
|
Nazariy kurslar va videodarslar: vaqtni boshqarish, stressni kamaytirish boʻyicha, kundalik reja |
|||||
|
|
B2.04.7- Yillik va istiqbolli ish rejasini ishlab chiqish, hisobotlar va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish, Pedagogik jamoa bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Pedagogik faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, hisobot va tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash orqali ish samaradorligini oshirish. |
|||||
|
2. Metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish orqali taʼlim sifatini oshirish. |
|||||
|
3. Yillik va istiqbolli ish rejasini ishlab chiqish, vazifalarni prioritetlashtirish va muddatlarni belgilash. |
|||||
|
4. Maqsad va natijalarni aniqlash, maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va tizimlash. |
|||||
|
5. Statistik va sifat koʻrsatkichlarini baholash, hisobot va tahliliy materiallar tayyorlash. |
|||||
|
6. Metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik jarayonlarni optimallashtirish usullarini aniqlash. |
|||||
|
7. Pedagogik jamoa bilan samarali hamkorlik qilish, ochiq muloqot va maslahatlar tizimini yoʻlga qoʻyish. |
|||||
|
8. Tajribali amaliyotlarni hujjatlashtirish va tarqatish, Jamoaviy qaror qabul qilish va tajriba almashish. |
|||||
|
9. Yillik ish rejasi va istiqbolli reja tuzish: maqsadlar, vazifalar va muddatlarni belgilash. |
|||||
|
10. Pedagogik jamoa bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ish faoliyati boʻyicha prioritetlar roʻyxatini tuzish. |
|||||
|
Koʻnikmalar: |
|||||
|
Strategik rejalashtirish va maqsadlarni belgilash, ish jarayonini modul va bosqichlarga ajratish, vazifalarni ustuvorlik tartibida taqsimlash |
|||||
|
Resurslarni va vaqtni samarali boshqarish, rejani monitoring qilish va zaruratga qarab tuzatish |
|||||
|
Yillik reja va semestrlik ish rejasini tayyorlash mashqlari, vazifalarni prioritetlash va muddat belgilash mashqlari |
|||||
|
Reja asosida nazorat va tahlil mashqlari, rejalarni jamoa bilan muhokama qilib optimallashtirish |
|||||
|
Maʼlumotlarni tizimli yigʻish va qayta ishlash, jadval, diagramma va grafiklar yordamida vizualizatsiya qilish |
|||||
|
Ish jarayonini tahlil qilish va xulosalar chiqarish, natijalarni yozma va ogʻzaki shaklda taqdim etish |
|||||
|
Qaror qabul qilish uchun tahliliy maʼlumotlardan foydalanish, oylik va choraklik hisobotlar tayyorlash mashqlari |
|||||
|
Statistika va diagrammalardan foydalanish boʻyicha mashqlar, real pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish |
|||||
|
Natijalarni pedagogik jamoa bilan muhokama qilish, pedagogik resurslarni yaratish va jamoa bilan boʻlishish |
|||||
|
Pedagogik metodlarni tahlil qilish va baholash, metodik tavsiyalar va qoʻllanmalarni yozma shaklda tayyorlash |
|||||
|
Taʼlim jarayoniga innovatsion va amaliy yechimlarni kiritish, oʻquv jarayonini sifat nazorati bilan uygʻunlashtirish, |
|||||
|
Bilimlar: |
|||||
|
Strategik rejalashtirish nazariyasi |
|||||
|
Vazifalarni ustuvorlik tartibida taqsimlash tamoyillari, vaqt va resurslarni boshqarish nazariyasi, rejani monitoring qilish |
|||||
|
Nazariy kurslar va videodarslar: strategik va yillik rejalashtirish boʻyicha, Case-study: real pedagogik jarayonlarni tahlil qilish |
|||||
|
Reja tuzish mashqlari: yillik, semestrlik va modulli reja yaratish, rejani optimallashtirish va jamoa bilan muhokama qilish mashqlari |
|||||
|
Maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish va tahlil qilish usullari, statistika va vizualizatsiya asoslari , jadval, diagramma, grafik, hisobotlarni yozma va ogʻzaki shaklda taqdim etish tamoyillari |
|||||
|
Tahliliy xulosalar chiqarish va qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash, muammolarni aniqlash |
|||||
|
Nazariy darslar va onlayn kurslar: tahliliy hisobotlar tayyorlash, amaliy mashqlar: maʼlumotlarni tahlil qilish, diagramma va grafiklar yaratish |
|||||
|
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
Diagnostika bosqichi, masʼuliyat darajasini aniqlash soʻrovnoma, kuzatuv, suhbat, oʻzini boshqarish |
|||
|
Ota-ona va pedagoglardan maʼlumot yigʻish, risk guruhidagi oʻquvchilarni aniqlash |
|||||
|
“Masʼuliyat nima?” mavzusida interaktiv trening, qaror qabul qilish algoritmini oʻrgatish |
|||||
|
Vaqtni boshqarish (time-management) mashqlari, rol oʻyinlari va hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, |
|||||
|
Oʻquvchilarga kichik masʼuliyatli vazifalar berish, guruh yetakchiligi rollarini navbatma-navbat taqsimlash |
|||||
|
Ijtimoiy loyihalarda ishtirokini taʼminlash, “Shaxsiy rivojlanish rejasi” tuzdirish, mustaqil qaror qabul qilishga imkon yaratish |
|||||
|
Ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish, ijobiy xulq-atvorni eʼtirof etish |
|||||
|
Ichki motivatsiyani kuchaytirish boʻyicha suhbatlar, oʻz-oʻzini baholash kundaligini yuritish |
|||||
|
Xulq-atvordagi oʻzgarishlarni kuzatish, takroriy diagnostika oʻtkazish oʻquvchi oʻzini baholash natijalarini tahlil qilish, zarur hollarda individual korreksion ishlar |
|||||
|
Xulq-atvordagi oʻzgarishlarni kuzatish, takroriy diagnostika oʻtkazish, oʻquvchi oʻzini baholash natijalarini tahlil qilish, zarur hollarda individual korreksion ishlar |
|||||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Mutaxassisning o‘z ishini samarali olib borishi uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, dasturlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi, kompyuter orqali psixologik testlar o‘tkazish, diagnostika natijalarini elektron tarzda qayta ishlash va tahlil qilish, psixologik ma’lumotlarni raqamli bazalarda saqlash, masofaviy maslahat va treninglar o‘tkazish, videokonferensiya platformalaridan foydalanish: Zoom, Google Meet, Microsoft Teams. Elektron ta’lim platformalarida ishlash: Moodle, Google Classroom. Onlayn testlar, so‘rovnomalar va interaktiv materiallar yaratish. Psixologik ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash. Parol himoyasi, ma’lumotlarni zaxiralash va himoyalash. Ta’lim sohasi psixologi zamonaviy axborot texnologiyalarini bilishi, raqamli platformalarda ishlay olishi va psixologik diagnostika hamda maslahat jarayonida texnik vositalardan samarali foydalanish |
||||
V. Kasbiy standartning texnik maʼlumotlari
5.1. Kasbiy standartning rekvizitlari
|
1. |
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining tasdiqlash hujjatlari: |
Tarmoq kengashining nomi, bayon raqami va sanasi |
|
2. |
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining xulosasi: |
Sertifikat raqami va sanasi |
|
3. |
Kasbiy standart versiyasi va ishlab chiqilgan sanasi: |
_____ — versiya, XXXX versiya raqamli kasbiy standart nechi marta qayta koʻrib chiqilgan va yangilanganligini koʻrsatadi |
|
4. |
Taxminiy qayta koʻrib chiqish sanasi: |
XX.XX.XXXX, kasbiy standartni yangilash Tarmoq kengashlari tomonidan har 5 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi |
5.2. Kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul tashkilot haqida maʼlumotlar
|
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
|
(tashkilot nomi) Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori |
|
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
(rahbarning lavozimi, imzosi va F.I.O.) |
5.3 Kasbiy standartni ishlab chiqishda ishtirok etgan tashkilot (korxona)lar toʻgʻrisida maʼlumot
|
Ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot |
||
|
Ish joyi va lavozimi |
F.I.O |
|
|
1 |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, taʼlim sifatini taʼminlash departamenti boshligʻi v.v.b |
A. Mamanazarov |
|
2 |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi v.v.b |
O.Saxibov |
|
3 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori |
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
4 |
Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi |
A. Mamanazarov |
|
5 |
Toshkent kimyo-texnologiya institutining iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʻyicha prorektori |
B. Qodirov |
|
6 |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
Yo. Ergashov |
|
7 |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori |
U. Xalikov |
|
8 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi |
Parmanova Ruxsat Tagʻaymurodovna |
|
9 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi yetakchi mutaxassisi |
Safarov Akbar Raxmanovich |
|
10 |
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi ijrochi direktori |
A. Ganiyev |
|
11 |
“Toshkent kasb-hunar va tibbiyot texnikumi” bosh ijrochi direktori |
R. Nishanov |
|
12 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi, tarmoq kengashi kotibi |
Gʻ. Abdiyev |
