“Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqalari davom etmoqda
2026-04-26 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Jumladan, 26-aprel kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida “Silk Road Samarqand”, “Talaba – yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida navbatdagi ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Mazkur sport tadbirida 2500 nafardan ortiq sportchilar, talaba-yoshlar, o‘quvchilar, xorijiy mehmonlar hamda havaskor yuguruvchilar faol ishtirok etib, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha 3 kilometr masofani bosib o‘tdilar. Musobaqa yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va sport bayrami ruhida tashkil etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, marafon davomida alohida faollik, shijoat va matonat ko‘rsatgan ishtirokchilar ham maxsus mezonlar asosida rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Mazkur turdagi ommaviy sport tadbirlari aholining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sport madaniyatini rivojlantirish hamda jamiyatda ijobiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









