Vazirlik xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
2026-04-24 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazirlik jamoasi markazning muhtasham me’moriy yechimi, keng qamrovli ekspozitsiya zallari va u yerda yaratilgan yuksak madaniy muhitni ko‘zdan kechirdilar. Majmuaning har bir bo‘limi xodimlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otib, tariximizning oltin sahifalariga sayohat qilish imkonini berdi.
Ayniqsa, markazning boy fondidan o‘rin olgan nodir osori-atiqalar va ilm-fan taraqqiyotini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar xodimlarning madaniy dam olishlarini mazmunli to‘ldirdi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida jonlantirilgan tarixiy lavhalar va markazning ma’rifiy muhiti ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik jamoasining o‘zaro birdamligini oshirish bilan birga, boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.









