Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: “Art Engineering 2026” misolida
2026-04-23 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Kimyo International university in Tashkentda o‘tkazilgan “Art Engineering – 2026” ko‘rgazmasi oliy ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan asosiy talab — bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish — amalda bajarilayotganini yaqqol ko‘rsatdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, ta’lim jarayonida yaratilayotgan bunday amaliy loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Ekspozitsiyada muhandis yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar taqdim etildi.
Loyihalar ekologik muammolar, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologik yechimlarga bag‘ishlangan. Xususan, qayta ishlangan materiallar asosida yaratilgan art obyektlar, energiya samaradorligi va ekologik muvozanatga qaratilgan g‘oyalar namoyish etildi.









