“Termiz tajribasi” — sportni rivojlantirishning yangi va samarali modeli
2026-04-22 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminar ishtirokchilari universitetda tashkil etilgan sport klublari, zamonaviy infratuzilma, shuningdek, sport tibbiyoti va mashgʻulot jarayonlari bilan bevosita tanishishdi. Bu esa oliy taʼlim tizimida sportni rivojlantirish va “Termiz tajribasi”ni respublika miqyosida keng joriy etishga zamin yaratadi.
Universitеtda 18 ta sport inshooti faoliyat yuritib, mavjud 6 ta yopiq va 12 ta ochiq sport maydonlarida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, professional futbol, futzal, gandbol va voleybol jamoalari shakllantirilib, ular 2025-yilgi milliy va xalqaro musobaqalarda jami 309 ta medalni qoʻlga kiritishgan.
Butun respublikadan tashrif buyurgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda seminar ishtirokchilari Termiz davlat universitetida sport yoʻnalishida yoʻlga qoʻyilgan ilgʻor tajriba va mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishib, uning amaliy samaradorligi, boshqaruv mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot oldilar.
Seminar va sport haftaligi doirasidagi tadbirlar 24-aprelga qadar davom etadi.









