“Vatanparvarlar” xalqaro musobaqasi tantanali start oldi!
2026-04-21 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng'irotboy Sharipov, mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov, maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ishtirok etdi.
Yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqa buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning doirasida Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablari hamda maktab-internatlarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari”, ta’lim muassasalari otryadlari o‘rtasida esa “Vatanparvarlar” bellashuvlari tashkil etilishi belgilangan.
Tadbir yakunida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi, teatr ijodkorlari va harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
