Talabalar xavfsizligi – ustuvor vazifa: vazirlik va IIV
2026-04-19 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda shuningdek, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, polkovnik Sharof Uralov hamda mazkur xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Nilufar G‘iyosova ishtirok etdi.
Muloqotda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim yoshlarning giyohvandlik vositalari savdosiga jalb etilishi, "zakladchik" sifatida noqonuniy faoliyatga kirib qolishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, talabalar orasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuvda talabalar turar joylari hamda ijarada yashovchi yoshlar hayot tarzini doimiy monitoring qilib borish, ular uchun xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, talaba qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, "Xavfsiz talaba" raqamli platformasini ishlab chiqish va joriy etish orqali profilaktika ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tizimli nazorat va tezkor aloqa mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etdilar.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma chora-tadbirlar rejasi va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






