Vazirning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi
2026-04-17 14:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda talabalar, ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Xususan, ilmiy va “start-up” loyihalarni qo'llab-quvvatlash, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoni va taʼlim sifatini oshirish, diplom berish tartib-qoidalari, shuningdek, to‘lov-kontrakt masalalari bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Hududlardan kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun maxsus videokonferens-aloqa vositalari orqali onlayn ulanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali chekka hududlardagi fuqarolar ham vazir bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilib, o‘z muammolarini bayon etishga muvaffaq bo‘ldilar.
Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir muammo va taklif yuzasidan tegishli boshqarma hamda bo‘lim mutasaddilariga qat'iy topshiriqlar berilib, masalalarning ijobiy yechimi nazoratga olindi.









