Vazir Talabalar shaharchasidagi sport infratuzilmasi bilan tanishdi
2026-04-17 19:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Talabalar shaharchasida yoshlar uchun yaratilgan sport obyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir sport maydonlari, ochiq va yopiq inshootlar, zamonaviy trenajyor zallari, suzish havzasi hamda talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Q.Sharipov talabalar shaharchasida sport infratuzilmasini rivojlantirish yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Shuningdek, vazir mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport obyektlarini yanada takomillashtirish va ularning qamrovini kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.






