“Barkamol avlod” musobaqalari: stol tennisi final bosqichi yakunlandi
2026-04-16 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Xorazm viloyatida akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev hamda O‘zbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari E. Qodirov ishtirok etdi.
Yakkalik, juftlik va miks (aralash) yo‘nalishlarda bellashuvlar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.








