Toshkent farmatsevtika institutida “Karyera kuni” doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
2026-04-14 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda institut rahbariyati, farmatsevtika tarmog‘idagi yirik tashkilotlar vakillari, mutaxassislar, talabalar va bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.
2025/2026-o‘quv yilida jami 832 nafar bitiruvchi institutni tamomlashi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Mehnat yarmarkasida 40 dan ortiq yirik farmatsevtika korxonalari ishtirok etib, mavjud ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Talabalar va bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish, rezyume topshirish va dastlabki suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir doirasida “Kelajakka qadam” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha orqali bitiruvchilarning innovatsion biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va kasbiy amaliyotni tashkil etish uchun yirik moliyaviy mablag‘lar ajratilishi belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, institutda dual ta’lim tizimi joriy etilmoqda. Joriy yilda 108 nafar talaba ushbu tizim asosida tahsil olib, nazariya va amaliyot uyg‘unligi orqali kasbiy salohiyatini oshirmoqda.






