Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-04-14 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xususan, kongress doirasida O‘zbekiston va Yevropa universitetlari o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan 50 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi .
Jumladan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, shuningdek, qator tibbiyot, iqtisodiyot va muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari Polsha va Yevropaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Erishilgan kelishuvlar doirasida “Erasmus+” va boshqa xalqaro dasturlar orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda qo‘sh diplom (double degree) dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur kongress oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.









