Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlar kongressi oʻtkaziladi
2026-04-11 10:00:00 / E’lonlar

Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Polsha akademik oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP), IREG akademik reytingi va mukammallik observatoriyasi, Samarqand shahridagi oliy ta'lim muassasalari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Kongress doirasida qator muhim xalqaro muloqot maydonchalari — Yevropa Ittofoqi davlatlari Rektorlari forumlari tashkil etiladi.
Tadbirda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining taʼlim vazirlari, nufuzli universitetlar rektorlari, xalqaro tashkilotlar va akademik doira vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kongress doirasida oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun ikki tomonlama uchrashuvlar (B2B), panel sessiyalar va madaniy dasturlar tashkil etiladi.
