Vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2026-04-09 20:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov davlat grantlari, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil toʻxtaldi. Shuningdek, yoshlarning ilmiy faollikka jalb etilishi, innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash va startap tashabbuslarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Vazir har bir savolga ochiq va batafsil javob berib, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Mazkur muloqot talaba-yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularni ilmiy va akademik faoliyatga ragʻbatlantirish hamda kelajak rejalarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bu kabi ochiq muloqotlar davlat va yoshlar oʻrtasidagi samarali muloqot maydoniga aylanib borayotgani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Prezident davlat stipendiyasi sohibi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Usmonov Otabek Iqboljon oʻgʻliga stipendiya guvohnomasi vazir tomonidan tantanali ravishda topshirildi.









