Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi
2026-04-08 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilda ushbu musobaqa dasturiga ilk bor chim ustida xokkey yoʻnalishi kiritilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur sport turi tezkorlik, aniqlik va jamoaviy uygʻunlikni talab qilishi bilan yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Musobaqada respublika boʻylab 9 ta oliy taʼlim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, 100 nafardan ortiq talaba-qizlar jalb etildi .
Tantanali ochilish marosimida vazirlik masʼullari, sport sohasi vakillari, universitet rahbariyati hamda ishtirokchi jamoalar qatnashdi. Tadbirda mazkur musobaqaning yoshlar sportini rivojlantirish, ayniqsa xotin-qizlarni sportga keng jalb etishdagi ahamiyati alohida qayd etildi.
Musobaqa dasturiga koʻra, jamoalar oʻrtasida saralash, yarim final va final oʻyinlari oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Shuningdek, tadbir doirasida mahorat darslari, madaniy dasturlar va sportchi talabalar uchun turli interaktiv tadbirlar tashkil etilgan






