Vazir Xorazmda yangi kasbiy ta’lim maskani qurilishi bilan tanishdi
2026-04-04 19:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazir qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ishlar sifati va zamonaviy talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi. Qurilish bilan tanishish chog‘ida mas’ullarga namunaviy xona tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, vazir Q.Sharipov ushbu hududda barpo etilayotgan “Kasblar shaharchasi” loyihasi bilan ham tanishdi. Mazkur majmua kelgusida turli sohalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kasbiy ta’limning yangi modelini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Vazir tomonidan berilgan tavsiya va topshiriqlar mazkur loyihalarni zamonaviy talablarga mos holda amalga oshirish, kasbiy ta’lim tizimida sifat jihatidan yangi bosqichni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.






