Darband o‘quv-amaliyot bazasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
2026-04-04 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Ayni paytda hududning boy tabiiy resurslari va mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish asosida 10 dan ortiq yo‘nalishda “spin-off” biznes loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha maskan qurilish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Darband bazasi – bu nafaqat TerDU talabalari, balki butun vohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtiradigan noyob ilmiy-amaliy maskandir.
So‘lim va betakror tabiat qo‘ynida sportchi-talabalar uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, bu yer yoshlar salohiyatini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari esa ushbu maskanning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, uni zamonaviy ilm-fan, innovatsiya va amaliy tajriba markaziga aylantiradi.







