Vazir Nukus texnoparkida yoshlar bilan uchrashdi
2026-04-02 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, yosh mutaxassislar hamda tashabbuskor yigit-qizlar faol ishtirok etdi.
Ochiq suhbat asnosida vazir yoshlarning takliflarini tinglab, savollariga batafsil javob berdi. Muloqotda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar ham namoyish etildi. Ular orasida raqamli xizmatlar, ta’lim platformalari, agrotexnologiyalar va boshqa innovatsion yechimlar o‘rin olgan. Vazir tomonidan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida 2025-yilda vazirlik tomonidan e'lon qilingan “Bo‘lajak olim” ilmiy g'oyalar tanlovi g'oliblari pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.









