JICA bilan uchrashuv: ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi
2026-04-01 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Alohida taʼkidlanganidek, JICA bilan hamkorlik doirasida koʻp yillardan buyon kadrlar tayyorlash, jumladan Yaponiya hukumati grantlari (JDS) orqali oʻzbekistonlik mutaxassislarni Yaponiya oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunga qadar yuzlab yosh mutaxassislar Yaponiyada magistr va doktor darajalarini qoʻlga kiritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Muzokarada Oʻzbekiston va JICA oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va samaradorligini oshirish, shuningdek “Advanced STEM Human Resources Development Project” – ilgʻor muhandislik va texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yirik loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi. Muzokaralar chogʻida mazkur loyihaning maqsad va vazifalariga aniqlik kiritilib, uni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ilgʻor tajribalar almashinuvini chuqurlashtirish va yangi qoʻshma taʼlim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



