“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!
2026-03-31 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.
Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.
👆Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.
📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🧑💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.
👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
