Ilm-fanda yangi sahifa: Termizda Milliy gerbariy filiali ochildi
2026-03-30 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zFA Botanika instituti qoshidagi O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirda markaz fondida 4 000 dan ziyod o‘simlik namunasi mavjud bo‘lib, kelgusida ularni 10 000 taga yetkazish va hududning eng yirik o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan.
Markazdagi har bir namuna yuqori aniqlikda skanerlanib, GPS koordinatalari orqali raqamli xaritaga bog‘lanadi. Bu noyob o‘simlik turlarini masofadan turib monitoring qilish va hududning ulkan raqamli arxivini yaratish imkonini beradi.



