Navoiy davlat pedagogika institutining yangi rektori jamoaga tanishtirildi
2024-06-25 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i F.To‘xtayev, NavDKTU rektori B.Mardonov, Texnopark direktori A.Abdug‘aniyev hamda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yangi tayinlangan rektorning mehnat faoliyati haqida maʼlumot berilib, masʼuliyatli vazifada omad tilandi. Shuningdek, vazir Bahodir Sobirovni olib borgan to‘rt yarim yillik faoliyatini e’tirof etib, keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda so‘z olganlar ham rahbarlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
Shundan so‘ng vazirga institutda amalga oshiriladigan ishlar, xususan, yangi barpo etiladigan kampus loyihasi haqida taqdimot qilindi. Q.Sharipov talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ilmiy salohiyatni oshirish va top 1000 likka kirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.



