Vazirlikda ma'rifat soati: Mutolaa boshlandi!
2026-03-30 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Topshiriq asosida vazirlik binosida “Kitob burchagi” tashkil etilgan va bugungi kunda barcha rahbar va xodimlar ushbu mo‘jaz kutubxonadan samarali foydalanmoqda.
“Kitob o‘qish soati”da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ishtirok etib, kitobxonlikning ma’naviy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, vazirlik xodimlari o‘rtasida Jek Londonning “Martin Iden” asari muhokama qilinib, ishtirokchilar 7 gurujga bo‘lingan holda mutolaa qilingan badiiy asarlar yuzasidan tashkil etilgan viktorinada faol ishtirok etib, bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Shu bilan birga, “Kitob o‘qish soati” hamda kitobxonlikni rag‘batlantirish maqsadida ichki reyting tizimini joriy etish bo‘yicha vazirlik buyrug‘i qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: ichki reyting natijalariga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan rahbar va xodimlar mos ravishda mehnatga haq to‘lash miqdorining 10, 7 va 5 baravarida rag‘batlantirib boriladi. “Kitob o‘qish soati” esa har haftaning juma kunida an'anaviy tarzda tashkil etiladi.









