Talaba – yugur” sport musobaqasi: sog‘lom turmush tarziga yo‘l
2026-03-29 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 29-mart kuni Nukus shahrida "Silk Road Nukus", "Talaba Yugur", Inson uchun va Kids Run bolalar ishtirokida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafonning taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda ijtimoiy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalar musobaqa davomida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar. Musobaqa yakunida g‘oliblar hamda eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
