O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda
2026-03-25 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshgani bilan ajralib turadi.
Reytingda qayd etilgan O‘zbekiston universitetlari va yo‘nalishlari:
|
Universitet nomi |
Yo‘nalish (Fan) |
Reytingdagi o‘rni (2026) |
Reytingdagi o‘rni (2025) |
|---|---|---|---|
|
Toshkent davlat texnika universiteti |
Neft va gaz muhandisligi |
101-150 |
— (yangi) |
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Huquq va yuridik fanlar |
251-300 |
— (yangi) |
|
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti |
Lingvistika |
201-250 |
251-300 |
|
O‘zbekiston milliy universiteti |
Arxeologiya |
201-260 |
— (yangi) |
|
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti |
Zamonaviy tillar |
251-300 |
301-350 |
|
Samarqand davlat universiteti |
Zamonaviy tillar |
251-300 |
— (yangi) |
|
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti |
Atrof-muhit fanlari |
451-500 |
351-400 |
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Biznes va boshqaruv tadqiqotlari |
551-600 |
— (yangi) |
|
O‘zbekiston milliy universiteti |
Lingvistika |
301-350 |
301-350 |
|
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti |
Zamonaviy tillar |
301-350 |
— (yangi) |
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Iqtisodiyot va ekonometrika |
251-300 |
— (yangi) |
|
O‘zbekiston milliy universiteti |
Fizika va astronomiya |
401-450 |
601-675 |
|
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti |
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi |
401-475 |
— (yangi) |
|
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti |
Elektr va elektronika muhandisligi |
501-550 |
— (yangi) |
|
O‘zbekiston milliy universiteti |
Matematika |
301-350 |
401-450 |
Yangi e’lon qilingan reyting natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun katta yutuqlar bilan boyidi. Mazkur yilgi baholashda mamlakatimizning bir qator oliy ta’lim muassasalari bir necha strategik yo‘nalishlar bo‘yicha dunyo miqyosida o‘z o‘rinlariga ega bo‘ldilar.
Asosiy yutuqlar va o‘sish dinamikasi:
Tarixiy eng yuqori natija: Toshkent davlat texnika universiteti “Neft va gaz muhandisligi” yo‘nalishida 2-marotaba ishtirok etib, dunyoning eng kuchli 101-150 talik universitetlari ro‘yxatiga kirdi. Bu respublikamiz texnik ta’limi uchun hozircha eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Sifat o‘zgarishi: O‘zbekiston milliy universiteti “Fizika va astronomiya” sohasida keskin o‘sish ko‘rsatib, 601-675 pog‘onadan 401-450 talikka ko‘tarildi. Shuningdek, universitet “Matematika” fani bo‘yicha ham o‘z pozitsiyasini yaxshilab, 401-450 oralig‘idan 301-350 talik guruhiga kirdi.
Gumanitar va ijtimoiy sohalar: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika” yo‘nalishida o‘tgan yilgi 251-300 o‘rnidan 201-250 talikka ko‘tarildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa “Huquq va yuridik fanlar” (251-300), “Iqtisodiyot va ekonometrika” (251-300) hamda “Biznes va boshqaruv tadqiqotlari” (551-600) yo‘nalishlarida ilk marotaba xalqaro reytingda qayd etildi.
Yangi yo‘nalishlar: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi” (401-475) hamda “Elektr va elektronika muhandisligi” (501-550) yo‘nalishlarida reytingga yangi a’zo sifatida qo‘shildi.
Ushbu natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi va ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.
