Nordik universitetida Garvard talabalari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-24 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z shukuhi kezib yurgan shu kunlarda bo'lib o'tgan tadbirda xorijlik mehmonlar o‘zbekona lutf va milliy qadriyatlarimizga xos yuqori ehtirom bilan kutib olindi.
Tadbir davomida mehmonlarga Xalqaro Nordik universitetining ta'limdagi innovatsion yondashuvlari, xalqaro aloqalari va akademik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Maxsus taqdimot doirasida oliygohning global ta’lim makonidagi o‘rni, ochiqlik siyosati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoit va imkoniyatlar namoyish etildi.
Uchrashuvning madaniy qismida xorijlik yoshlar uchun tortiq etilgan bahoriy va milliy taomlar, shuningdek, jonli ijrodagi milliy kuy-qo‘shiqlar ularda katta taassurot qoldirdi. Dasturxon atrofida samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan takliflarni muhokama qildilar.




