TDTUda zamonaviy ilmiy laboratoriya ishga tushirildi
2026-03-24 09:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda universitet rektori, akademik Sadriddin Turobjonov, akademik Nodibek Yusupbekov, “ElMetro” kompaniyasi vakillari, shuningdek, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur laboratoriya nafaqat zamonaviy texnik jihozlar majmuasi, balki talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma hisoblanadi.
Yangi laboratoriya metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu yerda ular zamonaviy o‘lchash vositalari, qiyoslash va nazorat jarayonlarini amaliy tarzda o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tadbir davomida bosim, sath va haroratni o‘lchash hamda qiyoslash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar namoyish etildi. Bu esa ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yorqin namunasidir.
Shuningdek, marosim yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar amaliyotini rivojlantirish hamda sanoat bilan uzviy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.









