Vazir Samarqandda “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi
2026-03-19 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab vazir talaba va o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, texnikumda faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar, turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazildi.
Muloqot avvalida Qoʻngʻirotboy Sharipov yoshlarni qo‘shaloq ayyom – muborak Ramazon hayiti hamda yasharish va yangilanish timsoli boʻlgan Navroʻzi olam bilan samimiy tabrikladi.
Uchrashuv davomida yoshlarning istiqbolli tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ilm-fan, sport va ijodiy faoliyatga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Q. Sharipov yoshlarni chuqur bilim olishga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan munosib kasb egalari bo‘lishga chorladi.









