Urganch davlat universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi
2026-03-17 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari S.Rajabov tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Madraximova Feruza Ro‘zimboyevna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.
Soʻzga chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, tajribasi va boshqaruv qobiliyatini taʼkidlab, unga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘z navbatida, rektor F.Madraximova bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirib, mazkur mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etish, universitetni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilishda oliygoh faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.









