“Yashil oliygoh” tanlovi gʻolibiga BYD Chazor elektromobili topshirildi
2026-03-15 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qarayotgan institut jamoasiga Prezident sovgʻasi sifatida BYD Chazor elektromobili taqdim etildi.
Taʼkidlash joizki, oliygoh hududidagi 24 gektar maydonning 21 gektarida 22 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilib, keng koʻlamli yashil hudud barpo etilgan. Shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilib, suv resurslaridan samarali foydalanish taʼminlangan. Institutda quvvati 650 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning oʻzida elektr energiyasi isteʼmoli 67 foizga qisqartirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududiga daraxtlar ekildi.







