“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
2026-03-14 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida vazirlik binosi hududi va uning atrofi obodonlashtirilib, daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi, ariqlar tozalandi, ekin maydonlari yumshatildi, shuningdek, jamoat joylari va piyodalar yo‘laklari tartibga keltirildi.
Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni obod va fayzli saqlash, shuningdek, jamoada ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.









