“Sun’iy intellekt savodxonligi” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazildi
2026-03-12 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 18-fevraldan 12-martga qadar Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda unga turdosh fanlardan dars beruvchi professor-o‘qituvchilar uchun “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur kursda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 133 ta davlat va 48 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan jami 275 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari malakali trenerlar tomonidan interaktiv va amaliy yondashuv asosida olib borildi. Jarayonda ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari, o‘quv jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini zamonaviy shaklda tayyorlash hamda innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.



