Ilm-fan va taʼlimda faol ayollar 8-mart arafasida taqdirlandi
2026-03-06 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida faol va tashabbuskor xotin-qizlarga Vazirning Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Ushbu eʼtirof xotin-qizlarning ilm-fan, taʼlim, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va jamoatchilik faoliyatidagi munosib oʻrni, shuningdek, ularning jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasining yana bir amaliyotiy ifodasi boʻldi.
Shuningdek, “Ilmda mening orzularim” tanlovi gʻoliblari amaldagi Nizomga muvofiq pul mukofotlari bilan ham taqdirlandilar. Jumladan:
1-oʻrin gʻolibi — 5 million soʻm
2-oʻrin gʻolibi — 4 million soʻm
3-oʻrin gʻolibi — 3 million soʻm
Mazkur tanlov xotin-qizlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.
Bunday eʼtirof va ragʻbat, shubhasiz, xotin-qizlarning kelgusida ham taʼlim, ilm-fan va jamiyat hayotida yanada faol boʻlishiga kuchli turtki beradi.









