Vazirning birinchi o‘rinbosari Urganch davlat universiteti faoliyatini o‘rgandi
2026-03-05 17:10:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘rganish davomida universitetning Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlaridagi laboratoriya va o‘quv infratuzilmasi, arxitektura loyihalari, avtomobil va transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Mazkur fakultetlarda zamonaviy ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar taqdim etildi.
Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish o‘tkazilib, oliygohlarda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, profilaktik va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Talabalar taklif va savollariga batafsil javoblar berildi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. (https://t.me/URDU_PRESSA/76416)









