Oʻzbekiston-Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tadi
2026-03-05 / Voqealar taqvimi

Forumning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universitetida tashkil etiladi. Anjuman doirasida yalpi majlis hamda ikki yo‘nalishda parallel sessiyalar o‘tkazilib, sun’iy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, innovatsion ta’lim modellari, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, akademik almashinuv va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, startaplar va texnologiyalar transferi, universitet–sanoat hamkorligining samarali mexanizmlari yuzasidan ma’ruzalar tinglanadi.
Forum davomida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida U2U formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik hujjatlari imzolanadi.
Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari Jizzax viloyatida INNO Texnopark faoliyati va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etadi hamda Toshkent shahridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, shaharning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylariga tashrif rejalashtirilgan.
