Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-27 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida bugungi kun muhandislari nafaqat nazariy bilimga, balki kuchli amaliy ko‘nikma va raqobatbardosh salohiyatga ega bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalarimiz tomonidan bildirilgan startap loyihalar, xorijiy hamkorlik dasturlari va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularga asosli javoblar berildi.
Bunday muloqotlar talaba-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda, ularning professional kadr bo‘lib yetishishida muhim motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.









