Vazir o‘rinbosari “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-02-26 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari barchani har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, mazkur tashabbus yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma ekanini ta’kidladi.
Muloqot davomida talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirish, ularni qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ochiq va konstruktiv ruhda kechgan suhbat yoshlar faolligini yana bir bor namoyon etdi.
Xususan, Yoshlar yetakchilari tomonidan universitetda Markaziy Osiyoda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini birlashtiradigan Talaba-yoshlar konferensiyasini o‘tkazish taklifi ilgari surildi va qo‘llab-quvvatlandi.
Vazir o‘rinbosari talaba-yoshlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bilim va izlanish orqali yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va takliflarni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.






