O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari boshqaruv kengashlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-02-25 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari boshqaruv kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning institutsional salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, mamlakatimizda oliy ta’limga oid qonunchilik, ta’lim sohasidagi transformatsion islohotlar hamda zamonaviy universitet boshqaruvi tamoyillariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda universitet boshqaruvi bo‘yicha treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va yo‘naltirilgan muhokamalar tashkil etish, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish borasida qator takliflar ilgari surildi.
Bundan tashqari, tomonlar universitet boshqaruvi kodeksining yakuniy tahririni tayyorlash, universitet boshqaruvi bo‘yicha trening dasturlarini o‘tkazish uchun mentorlar va master-trenerlar jamoasini shakllantirish, trening dasturlarini mamlakatimizdagi aksariyat oliygohlarda bosqichma-bosqich joriy etish, universitet boshqaruvi amaliyoti hamjamiyatini rivojlantirish hamda uning a’zolari uchun muntazam mashg‘ulotlar va yo‘naltirilgan muhokamalar tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Yakunda tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etish va hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.



