Endi dronlar musobaqasi bo’yicha "Vazir kubogi" oʻtkaziladi
2024-06-11 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Muhandislik oyligi" doirasida "Drone Racing",

"Robotlar jangi", "UUA loyihalash", "Havo jangi" musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqa gʻoliblarini
taqdirlash marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong'irotboy Sharipov ishtirok etib, mazkur sohadagi musobaqalar yurtimizda yetuk muhandis kadrlar yetishtirishda alohida o'rni borligini ta'kidlab, 2024-2025-o'quv yilidan boshlab ushbu yo'nalishda "Vazir kubogi" tizimli musobaqalari tashkil etish tashabbusini bildirdi.








