Rimda oʻzbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
2026-02-19 09:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Samimiy muloqot davomida talabalarning taʼlim jarayoni, yashash sharoitlari, ilmiy izlanishlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashildi. Vazir yoshlarning xorijda sifatli bilim olib, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ekanini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan oʻqish jarayoni, grant va stipendiya imkoniyatlari, akademik almashinuv dasturlari hamda kelgusida Oʻzbekistonda oʻz bilim va tajribalarini qoʻllash masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Vazir talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish va xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan muntazam muloqotni davom ettirish vazirlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida talabalarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan malakali mutaxassislar boʻlib yetishishga chaqirdi.
