Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-02-14 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xalqaro maslahat kengashi aʼzolari — Alfred Guzenbauyer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Xalqaro maslahat kengashi aʼzolari belgilangan ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan aniq amaliy tavsiyalar berish, ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish hamda rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda ekspertlik koʻmagini izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





