Prezident qarori – startaplarni qoʻllab-quvvatlashda muhim burilish
2026-02-13 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-sonli qarori mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va oliy taʼlim muassasalarini innovatsiya markazlariga aylantirishga xizmat qiladi.
Qarorga muvofiq, startap gʻoyalari bosqichma-bosqich tanlovlar va akseleratsiya dasturlari orqali saralanadi. Jumladan, “Eng innovatsion gʻoya” tanlovi gʻoliblariga 100 million soʻmgacha grantlar ajratilishi, respublika bosqichi uchun esa 10 milliard soʻmlik mukofot jamgʻarmasi shakllantirilishi belgilangan.
Oliy taʼlim muassasalarida akseleratorlar, inkubatsiya markazlari va “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi yoʻlga qoʻyilib, talabalarning gʻoyalari amaliyotga joriy etiladi.

