❗️ “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
2026-02-12 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari

📝 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi;
➖ loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
➖ marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, ta’lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi.
🗒 2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
▶️ davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o‘z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo‘yicha:
▪️ kraudsorsing elektron platformasida e’lon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;
▪️ har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) o‘tkazadi.
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi;
respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
2026-yil 1-sentyabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi. Bunda:
➖ oliy ta’lim tashkilotlarida IT-park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;
➖ talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
➖ oliy ta’lim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi;
➖ talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari ko‘zda tutiladi.
“Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi
Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va rag‘batlantirish bo‘yicha “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi hamda uning natijalari bo‘yicha quyidagilar belgilandi:
➖ 100 tagacha biznes va startap loyihalarning har biriga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;
➖ Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning BHMning 100 baravarigacha miqdorda xarajatlari to‘lab beriladi;
➖Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi kengashi chempionat g‘oliblarini davlat mukofotlari, “Faol tadbirkor” va “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonlariga tavsiya etish uchun vakolatli organlarga takliflar kiritadi.
2026-yil 1-apreldan “Raqamli startaplar” dasturida ishtirok etuvchi startap loyihalarga IT-park rezidenti maqomi beriladi hamda ularga qonunchilikda belgilangan eksportning minimal ko‘rsatkichlari talabisiz tegishli imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Batafsil qarorda 👈
