Ta’lim sifati va rivojlanish masalalari diqqat markazida
2026-02-06 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi o‘quv binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir yangi binoda talaba-yoshlar hamda professor o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, universitet rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yanada oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda universitetning kelgusi ustuvor vazifalari, strategik rivojlanish rejalari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq takliflar ilgari surildi.






