Samarqandda dual taʼlim amaliyoti: vazir “Stekloplastik” korxonasida
2026-02-06 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazir korxonada tashkil etilgan dual taʼlim jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, oʻquvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, amaliyot oʻtish uchun moʻljallangan sinf xonalari va ustaxonalarni koʻzdan kechirdi.
Korxona tomonidan oʻquvchilarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan zamonaviy laboratoriya va ishlab chiqarish maydonlari ularning taʼlim jarayonini samarali qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlandi. Tashrif davomida vazir dual taʼlim tizimi orqali oʻquvchilarning nazariy bilimlari bilan amaliy koʻnikmalarini uygʻunlashtirish imkoniyatlari va ushbu tajribani kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashdi.
Q. Sharipov dual taʼlimni rivojlantirish orqali korxona va taʼlim muassasalari hamkorligi yangi bosqichga chiqishi, oʻquvchilarning ishga tayyorligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.









