Vazir Turkiy davlatlar xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi
2026-02-03 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkiy davlatlar xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida vazir universitetning tashkil etilish maqsadlari, taʼlim yoʻnalishlari, boshqaruv modeli hamda moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi. Shuningdek, universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, taʼlim sifatini taʼminlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar chogʻida turkiy davlatlar oʻrtasida professor-oʻqituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashildi.
Vazir mazkur universitet turkiy davlatlar oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlab, ushbu yoʻnalishda tizimli hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.









