“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali aprel oyida oʻtkaziladi
2026-01-27 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur festivalning asosiy maqsadi yoshlarni muhandislik, innovatsiya, aviatsiya, robototexnika kabi zamonaviy texnologiyalar sohalariga keng jalb etish, iqtidorli yosh muhandislarni qoʻllab-quvvatlash hamda muhandislik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida 22 ta yoʻnalishda 39 ta musobaqalar, jumladan 12 ta xalqaro darajadagi bellashuvlar tashkil etilib, 10 000 nafardan ortiq yoshlar jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, xalqaro festival doirasida SHHT va MDH xalqaro tashkilotlariga aʼzo davlatlarning yoshlari oʻrtasida muhandislik olimpiadalari va forumlari boʻlib oʻtadi.
“Kelajak muhandislari” bu — bilim, tajriba va kelajak sari tashlangan dadil qadamdir!









