Qarshida yoshlar uchun raqamli imkoniyatlar kengaymoqda: xalqaro IT kompaniyalar tajribasi
2026-01-23 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida texnopark hududida faoliyat olib borayotgan xalqaro AT kompaniyalarning real ish jarayonlari, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlari hamda yoshlar bandligini taʼminlashdagi amaliy hissasi, Xususan, xorijiy buyurtmachilarga masofadan AT xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan va bugungi kunda 20 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlagan “IT-call Qarshi” MCHJ faoliyati koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, AQSH bozoriga yoʻnaltirilgan AT xizmatlari orqali 70 nafardan ziyod yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlab kelayotgan “Data Drive” MCHJ faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur kompaniyalar tajribasi Qarshi shahrida xalqaro IT-outsourcing, masofaviy ish modeli hamda eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlarni rivojlantirish uchun yetarli salohiyat mavjudligini yaqqol namoyon etdi.
Eng muhimi, bunday loyihalar yoshlar uchun barqaror daromad manbai, xalqaro mehnat bozoriga chiqish, amaliy tajriba orttirish hamda zamonaviy raqamli kasblarni egallash yoʻlida real imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugun Yoshlar texnoparki nafaqat zamonaviy infratuzilma, balki yosh isteʼdodlar, xalqaro AT-kompaniyalar va davlat siyosatini oʻzaro bogʻlovchi muhim platforma sifatida shakllanib bormoqda. Bu esa hududlarda raqamli iqtisodiyot va AT ekotizimini kengaytirish, yangi investorlar va ish beruvchilarni jalb etishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida ikki vazir – Q. Sharipov va SH. Shermatov Qarshi shahrida joylashgan “SSMART” zavodi hamda “Avangard Chall Solution” korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.






